Fizika-m-ish pdf



Yüklə 395,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix26.06.2022
ölçüsü395,92 Kb.
#62327
1   2   3   4   5   6   7   8
Fizika-m-ish pdf

Tayanch iboralar: Fizika, fizikaviy qonunlar, fizik va vektor kattaliklar, birliklar sistemasi,
Xalqaro birliklar sistemasi, hosilaviy birliklar, modda, maydon, tеzlik, tеzlanish, aylanma va ilgarilanma
harakat.
Bizlarni o’rab turgan borliq Yer, osmon, yulduzlar va ongimizga ta‘sir etib sezgi
uyg’otadigan barcha narsalar materiya bo’lib hisoblanadi. Tabiatdagi jismlar va bu jismlar
tarkibidagi moddalar moddiy borliq bo’lib, sezgilarimizga har xil ta‘sirlar ko’rsatib o’zini
borligini namoyon etadi.
Materiya har doim o’zgarib turib o’z xususiyatlarini namoyon etib turadi, moddiy
dunyoda yuz berayotgan materiyaning xilma-xil o’zgarishlari tabiat hodisalari deb ataladi.
Fizika grekcha “physis”– tabiat degan so’zdan olingan bo’lib, tabiat haqidagi fan
degan ma’noni anglatadi. U tabiat hodisalarini ya‘ni materiyaning xossalarini,
o’zgarishlarini ifodalay oladigan qonun va qoidalarni o’rganadi.
Fizika fanining boshqa fanlardan farqi shuki, u tabiat qonunlarini jismlar harakatini
o’rganish usuli bilan tavsiflab beradi. Fizika tabiat hodisalarini o’rganishda, moddiy
olamni idrok etishda asosan matematika, ximiya, biologiya, astranomiya fanlarining
qonunlaridan foydalanadi.
FIZIKADA ISHLATILADIGAN AYRIM ATAMALAR
Fizik jismlar tabiatda uchraydigan barcha jismlarga aytiladi.
M: Quyosh, yulduzlar, sayyoralar, toshlar va h.k.


Jismlar sistemasi - ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon
bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi.
M: avtomobil turli qismlardan tashkil topsa-da, xuddi bitta yaxlit qismdek
harakatlanadi.
Fizik hodisalar - moddani tashkil etgan zarralar o‘zgarmay qolgan holda
sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. M: toshning tushishi, g‘ildirakning aylanishi,
suvning qaynashi va muzlashi, lampochkadan yorug‘lik chiqishi, radiodan ovoz
chiqishi kabi jarayonlarda uni tashkil etgan zarralarning ichki tuzilishi o‘zgarmay
qoladi.
Fizik hodisalarni bevosita kuzatish va tajribada tekshirish orqali fizik
qonunlar yaratiladi.

Yüklə 395,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin