Yo„l va ko„chish: Jismning harakat trayektoriyasi bo‘ylab bosib o‘tgan
masofasi, trayektoriya uzunligi yo‘l deb ataladi va s harfi bilan belgilanadi.
Jism harakatidagi boshlang‘ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi yo‘nalishli
kesma ko‘chish deb ataladi.
Absalyut qattiq jism – har qanday kuch ta’sirida ham istalgan ikki nuqtasi
orasidagi masofa o’zgarmay qoladigan jismga aytiladi.
Soddalashtirish maqsadida jismlar harakati uch turga bo‘lib o‘rganiladi:
ilgarilanma, aylanma va tebranma. Ilgarilanma harakat: Harakat
davomida jismning hamma nuqtalari bir xil
ko‘chsa, bunday harakatga ilgarilanma harakat deyiladi.
Jismlar harakatini uch turga: ilgarilanma,
aylanma va tebranma harakatlarga
bo‘lish
shartli
bo‘lib,
bu
murakkab
harakatlarni tahlil qilishni osonlashtiradi
va
matematik
ko‘rinishda
ifodalash
imkonini beradi.
SKALYAR VA VEKTOR KATTALIKLAR Fizik kattaliklarni ikkita guruh – skalyar va vektor kattaliklarga bo‘lish mumkin.
Yo‘nalishining ahamiyati bo‘lmagan, faqat son qiymati bilan aniqlanadigan
kattaliklar skalyar kattaliklar deb ataladi.
M: Hajm, vaqt, yo‘l, massa, energiya kabi fizik kattaliklar skalyar kattaliklardir.
Son qiymatlari va yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar vektor kattaliklar deb ataladi.
M: Odatda, vektor kattaliklar ustiga yo‘nalish –
strelka qo‘yiladi. M: kuch – ⃗, tezlik – ⃗, ko‘chish
– ⃗ ko‘rinishda ifodalanadi.
Vektor kattaliklarni qo„shish va ayirish Ikkita vektorni qo‘shish uchun birinchi
vektorning oxiriga ikkinchi vektorning boshi
qo‘yiladi va birinchi vektorning boshidan ikkinchi vektorning oxiriga yo‘nalgan
vektor o‘tkaziladi. ⃗ ⃗⃗ ⃗ Shu vektor ikki
vektorning yig‘indisi bo‘ladi.
Bir vektordan ikkinchi vektorni ayirish uchun
ikkala vektorning boshlari bir nuqtaga qo‘yiladi va
ikkinchi vektor uchidan
birinchi vektor uchiga yo‘nalgan vektor o‘tkaziladi. ⃗ ⃗ ⃗⃗
Shu vektor ikki vektorning ayirmasi bo‘ladi.
Yo‘nalishi va son qiymati bir-xil bo‘lgan vektorlar teng vektorlar deyiladi