www.ziyouz.com kutubxonasi
350
mazhabiga mansubligi ham kutqarib qolgan bo‘lsa kerak. Huquqiy va Qur’on ilmlarida
Sh., olimlarning fikricha, bu sohadagi eng kuchli allomalardan qolishmagan va hatto
ulardan ustun turgan. Sh.ga nisbat beriladigan so’fiyona she’rlar badiiy qimmatga ega.
Uning tarjimai holiga oid parchalar, aytgan so‘zlari va she’rlarini barcha mo’tabar
so’fiylik risolalaridan topish mumkin. Uning Bag‘doddagi qabri saqlangan va bugungi
kunda ham ziyoratgoh sanaladi.
SHIRK - sherik keltirish. Allohning sherigi bor deb e’tiqod qilish. Sh. - Alloh taologa xos
bo‘lgan sifatlarni Undan o‘zgaga sobit qilishdir.
Sh.ning shar’iy tushunchasi - Maxluqni Robbil olamiynga 5 ishdan birida
tenglashtirishdir. Ya’ni, Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va hukmlarida
sherigi bor, deb e’tiqod qilishdir. Sh.ning turlari:
1) ibodatda Sh. keltirish. 2) duoda Sh. keltirish. Bandalarning toqatidan tashqari
narsalarda, oddiy sabablardan ustun narsalarda Allohdan boshqadan nusrat va yordam
so‘rab duo qilishi - Sh. bo‘lib, bu ish insonni tavhid sohasidan chiqarib, kufr doirasiga
kiritadi. 3) robbilikda Sh. keltirish. 4) hukmda Sh. keltirish. 5) mulk va sultondagi Sh.
keltirish. 6) xalq-yaratishdagi Sh. keltirish. 7) itoatda Sh. keltirish. 8) tashri’dagi Sh.
keltirish. Bundan tashqari, imom Dehlaviy fikricha, Sh.ning quyidagicha 8 xil turi
mavjud: 1-Sajdada Sh. keltirish. Islomdan avval sanamlarga va yulduzlarga sajda qilar
edilar. Allohdan o‘zgaga sajda qilish man qilindi. Alloh taolo: "Kuyoshga ham, oyga ham
sajda qilmanglar, ularni yaratgan Allohga sajda qilinglar" (Fussilat surasi, 37), dedi. 2-
Yordam so‘rashdagi Sh. keltirish. Islomdan avvallari bemorga shifo berish, kambag‘alga
boylik kabi hojat talab ishlarda Allohtsan o‘zgadan yordam so‘rar edilar. Nazr qilishdagi
Sh. keltirish ham shu jumlaga kiradi. Chunki, Allohdan o‘zgaga nazr qiluvchi, o‘ziga
kelgan yordamga shukr qilish maqsadida yoki bo‘lajak yordamdan umid qilib nazr
ataydi. Mushriklar sanamlariga nazr atar va o‘sha nazr tufayli ulardan maqsadlariga
erishtirishlarini kutar edilar. Barakot umidida ularning ismlarini tilovat qilar edilar. Alloh
taolo ularga namozda, "Iyyaka na’budu va iyyaka nastaiyn" (Fotiha surasi, 4), deb
aytishni vojib qildi. Bu sajda va ibodatda Sh. keltirishdan, shuningdek, yordam so‘rashda
Sh. keltirishdan qaytarish edi. Alloh taolo: "Alloh bilan birga birovga duo qilmang!" (Jin
surasi, 18), degan. Chunki, duo yordam so‘rash uchun bo‘ladi. Shuning uchun ham,
hojatlarda, musibat va alamlarda Allohdan boshqaga duo qilish man qilingan. 3-Uluhiyat
(ibodatga sazovor)likdagi Sh. keltirish.
Ular o‘zlarining ba’zi sherik xudolarini Allohning qizlari, o‘g‘illari, deb atashar va buni
ularning ilohning juz’i bo‘lganlari uchun uluhiyat haqqini berish uchun qilar edilar.
Batahqiq bu ishdan juda ham qat’iy ravishda qaytarildilar. 4-Tashri’dagi Sh. keltirish.
Yahudiylar o‘z axbor (diniy olim)lari va rohiblarini Allohdan o‘zga Robbilar qilib olar
edilar. O’shalar halol degan narsani, qilsa bo‘laveradigan halol narsa, ular harom qilgan
narsani esa, gunoh bo‘ladigan harom narsa, deb e’tiqod qilar edilar. Harom qilishning
ma’nosi falon narsa uchun jazo chorasi ko‘riladi, deyishdir. Halol qilishi esa, falon narsa
uchun jazo chorasi ko‘rilmaydi, deyishdir. Bas, jazo chorasini ko‘rish va ko‘rmaslik
Allohning sifatlaridandir.
5-Allohdan o‘zgaga atab so‘yishlik ila Sh. keltirish.
Mushriklar sanamlarga va yulduzlarga qurbat hosil qilish maqsadida ularga atab jonlik
so‘yar edilar. Bunda ular yoki o‘sha narsalarning nomini aytib so‘yishar, yoki maxsus
butlariga olib borib so‘yar edilar. Bas, bundan Allohning quyidagi so‘zlari ila qaytarildilar:
"Allohdan boshqaning nomi aytib so‘yilgan
narsa" (Moida surasi, 173) va "Allohning ismi zikr qilinmagan narsadan yemanglar'