www.ziyouz.com kutubxonasi
348
huzurida baland martabaga erishadi. Vaqt o‘tishi bilan g‘ayritabiiy o‘lim topgan (inson,
hayvon tomonidan o‘ldirilgan, tabiiy ofat, og‘ir yuqumli kasalliklar, zaharlanishdan
o‘lganlar, haj paytida vafot etganlar va b.) barcha kishilar Sh.lar deb hisoblangan.
Hadislarda aytilishicha, o‘z obro‘si yo mol-mulki yoki joni yoxud dini, shuningdek, ahdu
oilasining himoyasi yo‘lvda qurbon bo‘lganlar ham Sh.dir. Vabodan o‘lgan, ichki xastalik
ila o‘lgan, g‘arq bo‘lib o‘lgan, tom bosib o‘lganlarni Sh. hukmida o‘lganlar deyiladi.
Boshqa bandalardan farkli o‘laroq shahidlar uchun xos qilingan xislatlar ham bor ekan. 6
xislat Alloh taoloning yo‘lida jihod qilib shahid bo‘lganlargagana nasib bo‘lar ekan. 1-Sh.
1-daf’ada mag‘firat qilinadi; 2-Sh. o‘zining jannatdagi o‘rnini ko‘radi; 3-Sh. qabr
azobidan saqlanadi; 4-Sh. katta qo‘rqinchdan omonda bo‘ladi; 5-Sh.ning boshiga bitta
yoquti dunyo va undagi narsalardan yaxshi bo‘lgan viqor toji qo‘yiladi; 6-Sh.ni hurlardan
72 jufti halolga uylantiriladi 7- Sh.ni yaqinlaridan 70 tasiga shafoat qildiriladi.
SHAHODAT ("guvohlik") - 1) Kalimsi shahodat. 2) U yoki bu fakt yuzasidan beriladigan
guvoxlik ko‘rsatmasi.Sh . haqiqiy bo‘lishi uchun u to‘g‘ridan to‘g‘ri, ya’ni boshqalarning
so‘ziga asoslanmasdan (agarda u topshiriq va vasiyat bo‘lmasa) va 2 erkak yoki 4 ayol
tomonidan berilmog‘i lozim. Qulning SH.I ayolning Sh.iga tenglashtirilgan
G’ayridinlarning Sh.i ba’zi mazhablarga ko‘ra dinga taalluqli bo‘lmagan masalaga oid
bo‘lsa musulmonlar Sh.iga teng deb hisoblangan lekin ular o‘z dinlari nomidan qasam
ichishlari kerak bo‘ladi, boshqa bir mazhabp ko‘ra - umuman inobatga olinmaydi. Agarda
kelishuv asosida soxta Sh. berilgan bo‘lsa ba’zi mazhablarga ko‘ra, u qasamxo‘r sifatida
jazolanadi, boshqasiga ko‘ra esa - soxta guvoh sifatida jazoga tortiladi. Sh. tartibi Abu
Yusuf (8-a.) tomonidan batafsil bayon qilingan. Sh. haqiqatni aniqlashda eng muhim
usullardan biri sifatida shariat sudiga rioya qilinadigan barcha mamlakatlarda saqlanib
qolgan.