www.ziyouz.com kutubxonasi
346
ta’riflash mushkul bo‘lgan hissiyotlarini izhor etishga bo‘lgan intilishi deb izoxdash
mumkin.
SHAFOAT (arab.) - boshqa birovga qo‘shilib, unga yordam berish va yonini olib, biror
narsani uning uchun so‘rash. Ko‘pincha, Sh. martabasi va hurmati yuqori shaxsning
o‘zidan past odamning tarafini olishi tushuniladi. Qiyomatdagi Sh. ham shundandir ("al-
Mufradot fi Rariybil Qur’on" 263 s.) Sh.chi o‘zini, Sh. qilinadigan shaxsga unga yordam
berish va uning uchun bir narsani tilash uchun, qo‘shadi. Shuningdek, Allohning
huzurida Sh. beruvchilar ham, gunohkorlarga ko‘mak beradilar.
Sh. bir necha turlarga bo‘linadi. 1-ulug‘ Sh. bo‘lib, barcha payg‘ambar (as)lar ichidan
Payg‘ambar Muhammad (sav)ning o‘zlariga xos qilingandir. Buning dalili, Buxoriy,
Muslim va b. rivoyat qilgan "ulkan shafoat" hadisidir.
2-Payg‘ambar (sav)ning, yaxshiliklari va yomonliklari barobar bo‘lib qolgan odamlar
jannatga kirishlari uchun Sh. qilishlari. 3-Payg‘ambar (sav)ning, boshqa bir, do‘zaxga
amr qilingan odamlarni unga kirmasliklari uchun Sh. qilishlari. 4-Payg‘ambar (sav)ning
jannatga kirgan odamlarning amallari savobi taqozo qilgan darajadan yuqori darajaga
ko‘tarish uchun Sh. qilishlari.
5-Ba’zi qavmlarni jannatga hisobsiz kirishlari haqidagi Sh. Bu qismga dalil Ukosha ibn
Musoning hadisidir.
Rasululloh (sav) unga duo qilib, Alloh uni jannatga hisobsiz kiradigan yetmish ming
kishilardan qilishini so‘raganlar (Buxoriy,
Muslim).
6-Azobga sazovor odamlardan azobni engillatish uchun Sh. Payg‘ambar (sav) amakilari
Abu Tolibning azobini yengillatish haqidagi Sh.lariga o‘xshash (Muslim, Abu Sa’vd al-
Xudriy rivoyat kilgan).
7-Payg‘ambar (sav)ning barcha mo‘minlarga jannatga kirish izni berilishini so‘rab
qiladigan Sh.lari.
8-Payg‘ambar (sav)ning o‘z ummatlaridan gunohi kabira qilganlariga Sh. qilishlari.
Ushbu 8 tur Payg‘ambar (sav)ga va Sh. qilinuvchiga nisbatandir.
Sh. shafoatchiga qarab ham 8 turli bo‘ladi:
1-Anbiyo (as)larning ummatlariga Sh.i.
2-Farishtalarning gunohkorlarga Sh.i.
3-Kichik bolalarning ota-onasiga Sh.i.
4-Allohning yo‘lida shahid bo‘lganning o‘z axlidan 70 kishiga Sh.i.
5-Qur’onni yod olgan kishining axli baytiga Sh.i.
6-Mo‘minlarning bir-birlariga Sh.i.
7-Qur’oni karimning o‘z qorisiga Sh.i.
8-Ro‘zaning ro‘zadorga Sh.i.
Qur’oni karimning 2-sura, 255-oyatida Sh. to‘g‘risida jumladan shunday deyilgan:
"Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruhsatisiz shafoat qilmas".
SHAXSEY-VAXSEY - shialikdagi motam marosimi. Muhammad (sav) nabiralari (Alining
o‘g‘li) imom Husaynning halok bo‘lgani munosabati bilan har yili muharram oyining
boshida o‘tkaziladi. Sh.-v. Shialarning motam yurishlari vaqtida odat bo‘lgan "Shoh
Husayn, voh Husayn" degan qichqiriqlarining qisqargan shakli (yana q. Ashuro).