Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
343
Osiyoda Sh. ko‘pincha muqaddas mozorlar va qadamjolarda sadaqa va nazr-niyoz olib
turadigan ruhoniylar tabaqasiga nisbatan ishlatilgan.
SHAYX XOVANDI TAHUR, Shayxontohur (1359 y.v.e.) - shayx. Hoz. Bo‘stonliq tumani
Bog‘iston qishlog‘ida tug‘ilgan. Shayx Umar Bog‘istoniyning o‘g‘li. Umar Bog‘istoniy
befarzand bo‘lib, kunlarn ing birida o‘z zavjai muhtaramalari
bilan Shayx Zayniddin
maqbarasiga kelib Allohdan farzand ato etishni iltijo qilishadi. Ko‘p o‘tmay farzand
ko‘rishadi. Unga Xovand Tahur (pok shayx) deb nom qo‘yishadi. Sh.X.T. ilohiyotga va
tariqatga doir ilk saboqni otasidan olgan. "Rashahot ayn al-hayot" ("Hayot buloqlaridan
oqqan tomchilar")
nomli asarda yozilishicha, Sh.X.T. ilohiyot va tasavvuf ilmining yirik
namoyandalaridan biri, yetuk mutasavviflardan bo‘lgan.
U yassaviylik tariqati yo‘lidan borib, shu tariqat namoyandalaridan o‘rganadi hamda ilmi
zohiriy va ilmi botiniy sir-asrorlaridan voqif bo‘lib, sohib karomat shayxlar orasida
yuksak maqomga erishadi. Yakka xudolik haqidagi ta’limotni,
tasavvufga oid iboralarni
sharhlab bergan, shuningdek, she’riyat bilan shug‘ullangan. Sh.X.T.ning Dovud ismli
o‘g‘li bo‘lib, u ham shayx sifatida mashhur edi.
Sh.X.T. dafn etilgan joy ziyoratgohga aylanadi. Uning mozori atrofida boshqa saYeana
va qabrlar paydo bo‘lib, Toshkentning katta va muqaddas qabristoniga aylangan. 15-
a.ning 2-yarmida Xoja Ahror qabr ustiga maqbara qurdiradi.
Zotan uning volidai
muhtaramasi shayx Dovudning qizi bo‘lgan. Xoja Ahror qurdirgan inshoot zamonlar
o‘tishi bilan nurab, bizgacha yetib kelmagan. Hoz. maqbara esa,
avvalgisining loyihasi
va ko‘rinishini saqlagan holda 19-a.da qayta tiklangan.
Dostları ilə paylaş: