www.ziyouz.com kutubxonasi
344
2. Eronda 19-a.da tarqalgan shialikdagi ilohiyot maktabi. Asoschisi - shayx Ahmad ibn
Zayniddin al-Ahsoiy (1753-1826). Sh. mafkurasi shialikdagi axboriylardan farq qilgan:
Sh. rivoyatlar sonining ko‘payib ketganligi va ular tanqid qilinmasligiga qarshi
chiqqanlar. Sh.ga ko‘ra, 12 imom ilohiy irodaning namoyon bo‘lishi, Allohning
xohishlarini sharhlovchilardir va shu jihatdan ular - yaralishning oxirgi sababidirlar. Ular
Alloh yaratgan barcha narsalarni aks ettiradilar, lekin o‘zlari quvvatga ega emas. Sh.
ta’limoti Erondagi bobiylar harakatiga g‘oyaviy asos yaratib bergan, biroq, Sh.ning unda
ishtirok etganlari noma’lum. Lekin 19-a. o‘rtasida bobiylarga nisbatan qilingan
qatag‘onlik, quvg‘in Sh.ga ham taallukli bo‘lgan, ularni ta’qib etish keyinchalik ham
davom etgan.
SHAYXULISLOM - muayyan mamlakatda islom tashkilotlari boshlig‘i - oliy diniy unvon.
Faxriy unvon sifatida 10-a.dan u yoki bu faqih yoxud so’fiyga nisbatan ishlatilgan. 13-
a.dan keyin muntazam suratda qo‘llanilgan. Buxoro xonligi, Turkiya (16-a.dan 1924
y.gacha) va b. davlatlarda Sh. - eng oliy diniy lavozim. Bunday lavozim va unvon
musulmon mamlakatlarining ba’zilarida uchraydi. Shialikka mansub diniy boshqarma
rahbari ham Sh. unvoni bilan yuritiladi. Sunniylikka mansub boshqarmalarning rahbarlari
muftiy unvoniga ega.
SHARIAT (arab. - ostona va suv ichish joyi; yo‘l; musulmonchilikda Sh. qonunchilik
ma’nosida ishlatiladi) - Alloh joriy qilgan amaliy hukmlar majmuasi, shu ma’noda Sh.
fiqh ma’nosida ham tushuniladi. Samoviy dinlarning barchasidaga amaliy qism Sh. deb
ataladi. Islom Sh.i hukmlari Qur’on, sunnat, ijmo’ va qiyosdan olinadi. Sh.ning
maqsadlari uchga; zaruriy, hojatlik va yaxshilash qismlariga bo‘linadi. Din va dunyo
uchun zarur bo‘lgan maqsadlar zaruriy maqsadlar, deyiladi. Ular yo‘q bo‘lsa, dunyoning
ishlari buziladi va oxiratda azobga qolinadi. Islom Sh.ining maqsadlari dinni, jonni, aqlni,
naslni va molni asrashdan iborat. Sh.da ushbu narsalarni muhofaza qilish uchun zarur
bo‘lgan barcha choralar ko‘rilgan. Sh.ning hojatlik maqsadlari esa, kishilarga osonlik
tug‘dirish va ulardan qiyinchilik va mashaqqatni aritishga qaratilgan. Bunga musofir va
bemor kishilarga namozni qasr qilib o‘qish va ro‘zani ochib yuborishga berilgan ruhsatlar
va shunga o‘xshash ko‘plab shar’iy hukmlar kiradi.
Sh.ning yaxshilash maqsadi jamiyatda bir biriga muruvvat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Agar
u narsalar yo‘q bo‘lsa, hayot nizomi buzilib ketmaydi. Shuningdek, odamlarga
mashaqqat ham tug‘ilmaydi. Ammo, insoniylik muruvvatiga putur yetadi. Bu maqsadda,
asosan, yaxshi odatlar va husni xulq ko‘zda tutiladi. Pokizalikka boshlovchi, kiyim bosh,
turar joy, jism va b.ni pok tutish haqidagi shar’iy ko‘rsatmalar, yeb ichish odoblari,
oilaviy aloqalarni yaxshilash kabi ko‘plab ishlar haqidaga shar’iy xukmlar shu jumlaga
kiradi. Payg‘ambar Muhammad (sav) rahbarligida birinchi Islom davlati tashkil topganda
Sh. normalari o‘sha davlatning asosiy qonunlari bo‘lgan va jamiyat hayotining barcha
jabhalarini qamrab olgan. Keyinchalik 4 roshid xalifa, umaviylar, abbosiylar va
usmoniylar davlatlari vaqtida ham Sh. davlatning qonuni bo‘lib kelgan. Ammo, vaqt
o‘tishi bilan turli omillarga ko‘ra, musulmonlar Sh. hukmlaridan uzoklashib borganlar.
Asta sekin Sh. hukmlariga amal qilish ham susayib va ba’zida noto‘g‘ri yo‘llarga kirib
borgan. 20-a.ning boshiga kelib, Sh.ga amal qilish ba’zi davlatlarda rasman bekor
qilingan. O’zi shundoq ham sustlashib qolgan Sh.ga amal qilish ishi parokanda bo‘lgan.
Musulmonlar yashaydigan davlatlar g‘arb davlatlari qonunlaridan ko‘chirma olishga
o‘tdilar. Hozirga kelib faqatgana Saudiya Arabistoni davlati o‘zining Sh.ga amal