Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc


Islom Ensiklopediyasi  www.ziyouz.com



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə416/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
347
SHA’BON (Hindiston va Pokistonda - shabi barot) - musulmon qamariy taqvimidagi 8-
oy. Islomga qadar Sh. - 4 muqaddas oydan biri (q. Qur’on, 9:36), chunki qad. arab 
taqvimiga ko‘ra, yozgi tengkunlik Sh.ga to‘g‘ri kelgan. Sh.da qo‘shimcha ro‘za tutish (va 
b. solih a’mollar qilish) keng tarqalgan, Sh.ning 15-kuni esa (u johiliyat davrida ham 
e’zozlangan), islomda eng ommaviy xalq bayrami - laylat al-baro’a ("yaratish kechasi", 
odatda "xalos bo‘lish kechasi" deb tushuntiradilar, ya’ni gunoxdarni kechirish) xuddi 
laylat al-qadr kabi qad. yanga yil bayrami belgilarini saqpab qolgan. Shu kechada Alloh 
"eng pastki osmon"ga tushib, gunohlarini afv etishni so‘raganlarning iltijosini ijobatga 
olar ekan. Laylat al-baro’ada Yosin surasi o‘qiladi, o‘lganlar yodga olinib, ular ruhiga 
duolar qilinadi. Hindiston va Pokistonda qashshoqlarga taom tarqatiladi, shirinliklar 
tanovul qilinadi, bayram charog‘bonligi o‘tkaziladi. 
Sh.ning 13-15-kunlari "Oq tunlar" (kunlar) deb atalib, bir qator mamlakatlarda bu 
kunlarda ro‘za tutiladi. Sh. oyining 3-kunida Rasululloh (sav)ning nabiralari Husayn 
tug‘ilgan, 5-kuni - boshqa nabiralari Hasan tug‘ilgan bo‘lishi mumkin deb hisoblangan 
sanalardan biri deb aytiladi. Sh.ning 15-kuni - qibla Quddusdan Makkaga o‘zgartirilgan 
kun deb hisoblanadi. Oy nomiga al-mu’azzam - "izzatli" sifatini qo‘shish bilan islomda 
Sh.ning ahamiyati uqtirib ko‘rsatiladi 
SHA’RONIY (yoki ash-Sha’roviy), Abdulvahhob ibn Axmad (1493-1565) - misrlik 
mashhur so’fiy va ilohiyotchi. Saqiyat - Abu Sha’ra qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘z shajarasini 
(asossiz ravishda) Ziyoniylar sulolasidan chiqqan Tlemsen hukmdorlariga, ular orqali 
alaviy Muhammad ibn al-Hanafiyaga bog‘lagan. Qohirada yashab, ijod etgan. Shofi’iylik 
fiqhini u Misrning atoqli faqihi Zakariyo al-Ansoriydan o‘rgangan. Ibn Arabiy qarashlari 
unga katta ta’sir ko‘rsatgan. Qohirada Sh. so’fiy va’zxon sifatida tezda shuhrat 
qozongan, tarafdorlari ko‘paygan. Badavlat qozi Abdulqodir al-Mag‘oziliy unga atab 
madrasa kurdirgan va vaqf sifatida bir qancha yer mulklari ajratib bergan. Sh. va uning 
avlodlari undan merosiy foydalanish huquqini olganlar. Shu tufayli Sh. ko‘p xayr-
sadaqalar qilgan, kambag‘allar, mayib-majruhlar, shuningdek, ko‘p sonli muridlarini 
boqqan, bular uning shuhrati yanada ortishiga sabab bo‘lgan. 1774 y. uning sag‘anasi 
ustiga uning nomi bilan ataladigan masjid bunyod etilgan, u hozir ham saqlangan. 
Masjid joylashgan ko‘cha va yaqin atrofdagi mavze ham uning nomi bilan ataladi. Sh. 
hadis, fiqh, so’fiylik va b.ga oid 60 dan ziyod asar yozgan. Ibn Arabiyning kuchli ta’siriga 
qaramay, Sh. uning vahdat al-vujud ta’limotini qabul qilmagan. U "ma’rifatli" so’fiylik 
tarafdori bo‘lib, fiqh va islom aqidalarini chuqur bilish har bir so’fiy uchun shart deb 
hisoblagan. U tavakkulni bir taraflama -har bir ishni Allohning irodasiga tashlab 
qo‘yishni, bu bilan "qashshoqlikda kun kechiruvchi bekorchilar va tekinxo‘rlarni" 
so’fiylikda ortib borishiga qarshi chiqqan. Fiqh sohasida Sh. mezon nazariyasini ishlab 
chiqqan, unga ko‘ra, islomdagi 4 asosiy mazhab o‘rtasidagi ixtiloflar asosan shariat 
qoidalariga amal qilishga oid. Sh.ga ko‘ra, barcha mazhab asoschilari haq bo‘lib, diniy 
qonun negazida sobitqadam bo‘lganlar. Ular o‘rtasidagi farq faqatgana shariatning u yoki 
bu qoidasini "murakkablashtirish" (tashdid) yoki "engillashtirish" (taxfif)dan iborat 
bo‘lgan.
SHAHID (arab. guvoh) - islomda din yo‘lida halok bo‘lgan shaxs. Hadislarga ko‘ra, Sh. 
o‘z imonini kofirlarga qarshi urushda xalok bo‘lishi bilan tasdiqlaydi. Unga qabr azobidan 
xoli bo‘lib jannatga tushish kafolatlangan, shuning uchun u dafn etilishidan oldin 
yuvilmaydi. Sh.ning hayotidaga qilgan barcha gunoxlari kechiriladi, jannatda u Alloh 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin