SHOHID - guvoh. Sh.ning sud jarayonida ishtirok etishi an’anaviy sud yuritishning
muhim qismidir. Sh. har 2 tarafning biri tomonidan sudga taklif etilishi va b. bir garaf
tomonidan izohsiz rad etilmasligi lozim. Sh.dan zo‘rlab ko‘rsatma olish mumkin emas,
lekin sababsiz ko‘rsatma berishdan bosh gortish diniy majburiyat(farz)ni jiddiy buzish
deb baholanadi. Har qanday huquqiy layoqatli kishi, uning ijtimoiy mavqei va dinidan
qat’i nazar Sh. sifatida taklif qilishi mumkin. Biroq g‘ayridin faqat dinga aloqador
bo‘lmagan masalalar yuzasidan guvohdik berishi mumkin, qaram kishi esa, o‘z xojasi,
homiysi yoki qarindoshi ishi yuzasidan guvoxlik bera olmaydi. Haqiqatni aniqlash uchun
2 ozod kishining Sh.ligi kifoya. Bitta erkakning guvoxdigi 2 ayol yoki 2 cho‘rinish
guvohligiga tenglashtiriladi. Faqat go‘dak tug‘ilishini tasdiqpash chog‘ida bir cho‘rining
guvoxdigi yetarli hisoblanadi. Soxta guvoxlik bergan Sh. jinoiy javobgarlikka tortilib.
uning keyingi guvohliklari qabul qilinmaydi.
Ijtimoiy hayotda Sh. - ijtimoiy va xizmat yuzasidan tug‘iladigan turli holatlarni o‘z so‘zi
bilan tasdiqlash majburiyatini olgan shaxs. Hoz. paytda notarial idoralar va o‘zaro
kafolatlarning turli shakllari taraqqiy etishi bilan Sh o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda.
SHOHIMARDON (fors. "erlar shohi": "mardlar shohi") - choryorlarning to‘rtinchisi Aliga
berilgan nomlardan biri. Hazrat Ali janglarda jasurlik, mardlik ko‘rsatib shu nomga
sazovor bo‘lgan. Farg‘ona viloyati Hamzaobod qishlog‘ining sobiq nomi Sh. edi.
Ma’lumki, xorijiylardan bo‘lgan Ibn Muljam Alining boshiga qilich urib, og‘ir yarador
qilgan va 2 kundan so‘ng Ali vafot etgan. Naql qilinishicha, o‘limi oldidan o‘g‘illari imom
Hasan va imom Husaynni chaqirib: "jigarbandlarim, bugun sizlar bilan abadiy
vidolashsam kerak. Ertaga ertalab ok tuya mingan bir badaviy (arab) kelib, sizlardan
mening jasadimni so‘raydi. Sizlar darhol jasadimni unga topshiringlar! Ammo, zinhor
uning orqasidan ergashmanglar", deb vasiyat qiladi. O’g‘illari yig‘lashib, "Uning ortidan
bormasak, qabringazni qaerdan izlab topamiz" deb so‘raydi. Ali, qaerda 3 tomoni tog‘
bilan o‘ralgan tekislik bo‘lsa, o‘sha yer mening qabrim bo‘ladi, deb dunyodan ko‘z
yumadi. Dunyo bo‘yicha ana shunday maskandan bugungi kunda yettitasi mavjud.
Farg‘onadagi Sh. nomli qishloq ham ana shulardan bittasidir.