www.ziyouz.com kutubxonasi
43
siyosiy o‘rni kuchayishi sharoitida sunniylik va shialik o‘rtasidagi munosabatlar ham
keskinlashdi, bu hol mamlakatlar o‘rtasida (Eron-Iroq), shuningdek, turli
mamlakatlarning ichki hayotida (Saudiya Arabistoni, Livan) ham ko‘zga tashlandi, biroq
ular ko‘p holatlarda uchinchi darajali ahamiyat kasb etgan (Eron-Iroq) yoxud osongina
hal etilgan. Sunniylikning ko‘pgina o‘ziga xos xususiyatlari hoz. vaqtda islomning haqiqiy
demoqratik din ekanligani isbot qilishda dalil sifatida ko‘rsatilmoqda. Sunniylar barcha
islom olamidagi davlatlar aholisining ko‘pchiligini (Eron va Iroqdan tashqari) tashkil
etadi.
AHLI HAQ (fors., arab. - "haqiqat kishilari"), aliilohiylar - shialarning yashirin jamoasi.
Eronlik shialar A.h. tarafdorlarini "aliilohiylar" deb ataydilar. Bu jamoa taxm. 14-a.da
vujudga kelgan. G’arbiy Eron va Sharqiy Turkiyaga, keyinchalik Afg‘oniston, Iroq,
Suriya, Ozarbayjonning janubiga yoyilgan. A.h. Ali azaldan ilohiy va u Odamatodan to
Muhammad (sav)ga qadar bo‘lgan payg‘ambarlarda, shia imomlari va kelajakda
mahdiyda mujassamlanadi, deb hisoblaydilar. A.h. jannat va do‘zaxni inkor etib, jonning
yangicha shaklga kirishiga ishonishadi. Ular darvishlarga o‘xshab jazavaga tushishadi,
shuningdek, ularda nasroniylikdagi kabi muqaddas uchlik aqidasi ham mavjud. A.h. ning
aqidasida masihiylikdagi uchlik tushunchasi asosiy o‘rin tutadi. Hoz. vaqtda A.h.
Turkiyada shialarning taxm. 90% ini, Afg‘onistonda 15% dan ortig‘ini, Eronda 8% ga
yaqinini tashkil qiladi.
AHMAD ibn HANBAL, Abu Abdulloh; Ibn Hanbal (780-855) - ilohiyot olimi,
sunniylikdagi hanbaliylik mazhabining asoschisi va imomi. A.i.H. o‘smirligidanoq hadis va
fiqhni o‘rgana boshlagan, zamonasining yirik ulamolari, jumladan Abu Yusuf va ash-
Shofi’iylar bilan muloqotda bo‘lgan. 816-833 ylarda Bag‘dodda mudarrislik qilgan va fiqh
ilmi bilan shug‘ullangan. A.i.H. an’anaviy sunniylikni himoya qilgan, mu’taziliylarga
qarshi kurashgan. Abbosiy xalifalar Ma’mun (813-833), Mu’tasim (833-842) va Vosiq
(842-847)lar davrida mu’taziliylar oqimi ta’limoti rasmiy e’tiqod sifatida e’tirof etilgan,
A.i.H. mansub bo‘lgan an’anaviy islom tarafdorlari ta’qib ostiga olingan edi. Aslida
an’anaviy islom ulamolari va mu’taziylar o‘rtasidaga bahs bir asrdan (xalifa Hishom
(724-743) davridan) beri davom etib kelar, ular islom ummasining parchalanishida bir-
birini ayblardi. Ma’mun ana shu bahsga barham berish, mu’taziliylarning bir necha
aqidalari, va ayniqsa, Qur’onning yaratilganligi (ya’ni Alloh tomonidan yaratilgani),
haqidagi fikrni qaror toptirish maqsadida 833 y. maxsus hay’at tuzgan va barcha
ulamolarni imtihon (mehna) qildirgan. Bu aqvdalarni qabul qilmagan din arbobi Qur’onni
Alloh bilan bir darajaga qo‘yuvchi mushrik, ya’ni ko‘pxudolik tarafdori deb e’lon qilinar va
shunga yarasha jazoga tortilardi. O’z fikrlaridan qaytmagan bir necha ulamo qatori A.i.H.
2 yil zindonda yotgan. Ozodlikka chiqqach, umrining oxirigacha diniy-siyosiy faoliyatini
davom ettirgan. Pirovardida mehna kutilgan natija bermadi va an’anaviy islom tarafiga
o‘tgan xalifa Mutavakkil (847-861) 848 y. mehnani bekor qilgan. Keksayib qolgan A.i.H.
Bag‘dodda endi o‘zining nomi bilan atala boshlagan diniy-siyosiy harakatning g‘oyaviy
rahnamosiga aylangan. Bag‘dod va Basradagi faol mu’taziliylarning ro‘yxati tuzilib, ular
qirg‘in qilinganlar. 9-a.ning 20-40-ylari musulmon ummasida yuz bergan parokandalik
holatini tahlil qilib, A.i.H. islomning "oltin davri" - Muhammad(sav) va ilk xalifalar
davriga qaytish kerak, degan xulosaga keldi. Ayniqsa, "bid’at" masalasida u keskin
mavqeda bo‘ldi. Uning fikricha, Qur’on, hadis va musulmon ulamolarining ilk uch avlodi
fikri (ijmo)ga asoslanmagan din va hayotga oid har qanday "yangilik" qoralanmog‘i