Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
45
- B -
BADAVIY, Abu Fityon (yoxud Abu Abbos) Ahmad Sidi ash-Sharif (1199-1276) -
badaviya (yoki ahmadiya) tariqati asoschisi, Misr xalqi hozirgacha e’zozlaydigan
mashhur so’fiy. Fes sh.da o‘z shajarasini Aliga bog‘lagan va 7-a. oxirida Mag‘ribga
ko‘chib kelgan oilada tug‘ilgan. 1210 y. Makkaga kelgan. Bu yerda B. shofi’iylik huquqi
va Qur’on tilovati bilan mashg‘ul bo‘lgan. 1230 y. otasi vafotidan keyin B.
odamlardan
uzoklashib, yolg‘iz zohidona turmush kechirgan, u faqat imo-ishora vositasida odamlar
bilan muloqotda bo‘lgan. 1236 y. B. o‘zining tushi ta’biriga
amal qilib Iroqqa borgan, u
yerda Abdulqodir Geloniy (Jiloniy) va Ahmad ar-Rifo’iy maqbaralarini ziyorat qilgandan
so‘ng Bato’ik sh.da rifo’iylar tariqatiga qabul qilingan. 1237 y. B. Misrning Tant sh.ga
ko‘chib kelib, shu yerdagi rifo’iylarga rahbarlik qilgan. Bu yerda u o‘zining darvishona
turmush tarzi (suv ichmasdan va taom yemasdan 40 kun ro‘za tutishi, uyining tomidan
quyoshga tikilib qarashi - "soyaga yurish", ba’zan to‘la sukunatda, ba’zan
baqirib-
chaqirib yurish va b. bilan xalq orasida shuhrat qozongan. Tantda vafot etgan. Xalq
orasida uning "mo’jizakor" kuchi haqida ko‘plab rivoyatlar tarqalgan. B.ning vafotidan
so‘ng, uning xalifasi va vorisi Solih Abdul Ol (1333 y.v.e.) uning qabri ustiga masjid
qurdirgan, u avliyoni ziyorat qilish markaziga aylangan. B.ga sig‘inish Misrning qad.
qibtiy-xristian urf-odatlarini o‘zida uyg‘unlashtirib yuborgan. Ko‘pchilik misrlik
musulmonlar B.ning Tantdagi
maqbarasini ziyorat qilib, keyin haj ziyoratiga borishadi.
Shundan uning "Bob un-nabiy" ("Payg‘ambar darvozasi") laqabi kelib chiqqan. Oddiy
xalq orasida u as-Sayid ("janob"), tariqat a’zolari uchun u - qutb deb ataladi. Magrib
badaviylari kabi bosh kiyim kiygani uchun "Badaviy" laqabini olgan deb hisoblanadi. B.
Misrda xonanda ayollar va raqqosalar uyushmasining
rahnamosi hisoblangan,
shuningdek u yo‘qolgan narsalarni, jumladan yo‘qolib qolgan bolalarni topishda ko‘mak
beruvchi shaxs sifatida mashhur bo‘lgan. B.ga siginishni, ayniqsa Tantga ziyorat qilishni
ulamoyu fuqaholar doimo qora-lab kelishgan. 1498 y. ularning
qatiy talabi bilan mamluk
sultoni az-Zohir Jaqmoq B. qabrini ziyorat qilishni taqiqlash haqida farmon chiqargan.
B.ga e’tiqod qilish xalq orasida juda chuqur ildiz otib ketganligi bois farmonning ta’siri
bo‘lmagan. Usmonli turk saltanati davrida mavlaviylar, bektoshiylar,
naqshbandiylik kabi
qudratli so’fiylik tariqatlari tarafdorlarining talabi bilan B.ni dabdabali suratda ziyorat
etish ancha kamaygan.
Dostları ilə paylaş: