www.ziyouz.com kutubxonasi
44
darkor. Shuningdek, u diniy arboblar hokimga ta’sir o‘tkazishlari lozim, deb uqtirdi.
A.i.H. ta’limotini uning shogirdi al-Barbahariy (847-941) o‘z asarlarida davom ettirgan.
Hanbaliylik mazhabi nazariyasi Ibn al-Javziy (1116-1200) va Ibn Taymiya (1263-1328)
asarlarida o‘z ifodasini topdi. A.i.H.ning "6 aqida" (islom dini ahkomlarining qisqacha
bayoni), hadislar to‘plamlari, shu jumladan 30 ming hadisni o‘z ichiga olgan "Musnad"
("Isnodli hadislar to‘plami") va imon-e’tiqod, fiqh va ibodat masalalari bo‘yicha risolalari
hozirgacha saqlanib qolgan.
AHMAD KOSONIY - q. Mahdumi A’zam.
AHMADIYA - 19-a. oxirida Hindistonda vujudga kelgan diniy harakat. Mirza Rulom
Ahmad Kodiyoniy (1835-1908) asos solgan. U 19-a.ning 70-y.larida Panjob
musulmonlari o‘rtasida yirik ulamo va avliyo sifatida nom chiqargan. Islom tarixi va
ilohiyot bo‘yicha bir necha asar yozgan. 1891 y.da "Anjumani Ahmadiya" diniy
tashkilotini tuzgan. Izdoshlari uni "payg‘ambar", deb e’lon etgan. Vafotidan keyin uning
o‘rniga Hakim Nuriddin qolgan. Bashar Ahmad ibn Rulom ham taniqli A. arboblaridan
hisoblanadi, "Siyrat ul Mahdiy" ("Mahdiyning hayot yo‘li"), "Kalimat ul-fasl" ("Ajratuvchi
so‘z") va b. kitoblari bor.
A. aqidalari islomga zid. A. aqidasi bo‘yicha: 1) G’ulom Ahmad va’da qilingan Iso Masih
emish; 2) Alloh ro‘za tutar, namoz o‘qir, uxlar, uyg‘onar, yozar, imzo chekar, ba’zan
adashar emish; 3) Muhammad (sav) oxirgi payg‘ambar emas, chunki Alloh o‘z ehtiyojiga
ko‘ra yer yuziga payg‘ambarlar yuborib turar, ulardan eng afzali esa G’ulom Ahmad
emish; 4) Jabroil (as) G’ulom Ahmadga vahiy olib tushar emish; 5) Kodiyon qishlog‘i
Makkai-mukarrama va Madinai-munavvaradan afzal emish; 6) Araq ichish, af’yun va b.
mast qiluvchi narsalarni iste’mol qilish mumkin. Hoz. kunda ahmadiylar Hindiston va
Pokistondan tashqari, bir necha arab mamlakatlari, Eron, Afg‘oniston, Afrika hamda
G’arb mamlakatlarida tarqalgan. Londonda ularning katta markazi bor. Ahmadiylar MDH
hududiga keyinga yillarda kirib keldi. Ko‘proq ishbilarmon, tojir va xayriya jamiyati
vakillari sifatida Tatariston va b. joylarda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Robita al-alam al-
islom (Islom olami ittifoqi) A.ni "islomga yot oqim" deb e’lon qilgan.