1 7-maruza. Tarmoqli tеxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix08.07.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#62709
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1 7-maruza. Tarmoqli tåxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja

WHOIS 
 
WHOIS - bu InterNIC markazining dasturi va bu markaz tomonidan yig’ilgan ma’lumotlar 
to’plami. Bu to’plam ro’yxatdan o’tgan Internet hamma foydalanuvchilari haqida barcha 
ma’lumotlarni o’z ichida saqlaydi. Ammo, ayni paytda bu loyihani oxiriga etkazish uchun ishlar 
olib borilmoqda.
Bu tizimda ishlash uchun qidirilayotgan foydalanuvchining to’liq nomi yoki nomining bir 
qismini kiritish kerak. Agar WHOIS tizimining ma’lumotlar to’plamida bunday ma’lumot bo’lsa, 
ular sizning ekraningizga chiqariladi yoki elektron pochta orqali jo’natib yuboriladi. 
WHOIS tizimidan foydalanishning bir necha turi mavjud. Internetda ishlash uchun to’liq 
huquqga ega bo’lgan foydalanuvchilar telnet dasturi yordamida Internetdagi biron-bir WHOIS 
serveriga kirib, uning ma’lumotlar to’plami bilan bevosita ishlashi mumkin. Faqatgina elektron 


22
 
pochtadan foydalanadiganlar WHOIS serveriga qidirayotgan ma’lumotini xat ko’rinishida 
jo’natishi mumkin. Shunda server bu ma’lumotlarni o’z ma’lumotlar to’plamidan qidirib chiqib, 
foydalanuvchiga elektron pochta orqali qaytib yuboradi. 
WHOIS tizimidan foydalanish uchun ko’pchilik InterNIC ning asosiy serveridan 
foydalanadilar. Barcha WHOIS serverlarining ro’yxatini sipb.mit.edu xost kompyuteridagi 
anonim FTP serverining pub/whois katalogidagi whois-senv-s.list faylidan olish mumkin. 
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, ma’lumotlarni tezroq topish va olish maqsadida bir xil 
ma’lumotli serverlar dunyoning regionlari bo’yicha muqobil joylashtiriladi. Muqobil serverlardan 
foydalanish vaqtni ancha tejaydi. 
UNIX tizimlarida WHOISdan foydalanish uchun quyidagi buyruq kiritilishi kerak: whois [-h 
xost kompyuter nomi] foydalanuvchi nomi bunda xost kompyuter nomi berilishi shart bo’lmagan 
parametr. Bu parametr ishlatilgan taqdirda whois kompyuter nomi bilan foydalanuvchi nomini 
chalkashtirmaslik uchun oldida -h kaliti bilan yozilgan. 
WHOIS tizimidan elektron pochta orqali ham ma’lumotlar olish mumkin. Buning uchun 
WHOIS serverlarining biriga xatning mavzusini ko’rsatmay so’rov yuborish kerak. Xatning o’zida 
WHOIS tizimidan foydalanishning UNIX buyrug’ini ko’rsatish lozim. 
Masalan, mailserv@ds.internic.net manziliga quyidagi mazmunli xatni jo’natamiz: whois 
tparker. 
Agar tparker nomi oldiga nuqta (.) qo’yilsa, unda WHOIS tizimi bu so’rovni korxona nomi 
emas, balki foydalanuvchining nomi ko’rinishida qabul qiladi. Bunda xat quyidagi ko’rinishga ega 
bo’ladi: whois.tparker. 
WHOIS xizmatining kamchiligi shundan iboratki, unda foydalanuvchilarning hammasi 
tizimga kiritilmagan bo’lish ehtimoli bor. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin