1 7-maruza. Tarmoqli tеxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/18
tarix08.07.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#62709
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1 7-maruza. Tarmoqli tåxnologiyalar va Internet xizmatlari. Reja

21
 
TELNETNING BUYRUQ HOLATI 
Telnet orqali ulanilsa, uzoqdagi kompyuter bilan ishlash imokoniyati paydo bo’ladi va siz 
uzatadigan buyruqlar uzoqdagi kompyuterda bajariladi. Telnetda buyruq holati va bevosita holatda 
ishlash imkoniyati mavjud. Buyruq holatida ishlashning belgisi  bo’ladi. Bu holatdan hozir 
siz ishlayotgan kompyuter uzoqlashgan kompyuterda ishlayotgan bo’lsa, undan chiqish uchun 
Enter bosiladi.
Telnet uzoqlashgan kompyuter bilan bog’lanishi boshqaruvchi buyruqlarga ega.
Telnetning buyruq holatida ishlatiladigan ba’zi bir buy-ruqlarni keltiramiz. 
? command 
Bu buyruq yordam beruvchi buyruqdir. Agarda command bo’lmasa, 
telnetning hamma buyruqlar ro’yxatini chiqaradi. Agarda command 
parametr bo’lsa, unda faqat shu buyruqga oid yordamni beradi. 
Open hostname 
Bu buyruq bo’yicha hostname ismli kompyuter bilan aloqa bog’laydi. 
Hostname sifatida domen nom yoki IP manzil ishlatilishi mumkin. 
Close 
Bu buyruq yordamida uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanish bekor qilinadi. 
Agar buyruq satrida xost nom ko’rsatilgan bo’lsa, unda u bilan bog’lanish 
seansi yopilishi bilan telnet dan ham chiqadi. 
Quit 
Bu buyruq joriy bog’lanishni uzadi va telnet dan chiqishga olib keladi. 
Status 
Bu buyruqni ishlatilishi ekranda telnetning joriy holatini ko’rsatadi. Bunda 
uzoqdagi kompyuter nomi ham ekranda paydo bo’ladi.
set escape 
Bu buyruq yordamida telnetning buyruq rejimiga o’tishni belgilovchi simvol 
almashtirilishi mumkin. 
IRC 
IRC (Internet Relay Chat - Internet orqali gaplashish) -Internetning serverlaridan biri. IRCda 
ishlash uchun shunday ismli dastur mavjud aloqa bo’limi (provayder)ga ulanib, biror mavzu 
tanlanadi. Bu mavzu bilan doimiy muloqotni ta’minlab turadigan aloqa serveriga ulaniladi. Bunda 
o’sha mavzuga oid gaplarni, munozaralarni uchratib, siz ham bu mavzuni muhokamasida 
qatnashish imkoniyatiga ega bo’lasiz va sizning fikrlaringiz ham boshqa ishtirokchilarga 
etkaziladi. Internet xizmatining ana shunday turi IRC deb ataladi. Hozirda IRC serverlarning bir 
qanchasi mavjud bo’lib (DALnet, Efnet va boshqalar), ular tarmoqlarga ulangan. IRC uchun 
xizmat qiluvchi dasturlar orasida mIRC dasturini keltirish mumkin. Uni www.mirc.co.uk manzil 
bo’yicha bepul olish mumkin. mIRC dasturi o’rnatilishi bilan u o’zi sizning manzilingizni 
kiritishni so’raydi. O’z no-mingiz va manzilingizni kiritib, u bilan muloqotni boshlaysiz. IRC 
serverlar ko’p bo’lgani uchun ulardan kerakligini tanlab, unda muloqot boshlash mumkin. 
STATUS darchasi orqali kanal ro’yxatlari hosil qilinadi va u orqali sizni qiziqtirgan kanallar bilan 
ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Bu kanallar orqali klaviaturadan foydalanib, hatto munozarada 
qatnashayotganlar bilan gaplashish, ularning rasmlarini ham ko’rish imkoniyati mavjud. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin