Zahriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix27.07.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#62908
1   2   3   4   5   6
tovush tolqinlari

n
n
r
r






2
2n
r
-
r
yoki
2
2
2
1
2
1


,
1
n
2
r
T
t
2
r
T
t
2
1
2



























18 
tenglik bajarilib, nur yo‘li farqi 
(8) 
tenglikdan topiladi. 
Nur yo‘li farqi toq sondagi yarim to‘lqin uzunligiga karrali bo‘lgan
nuqtalarda natijaviy to‘lqin amplitudasi minimum bo‘ladi. A
1

A
2
bajarilganda, 
tebranishlar bir-birini to‘la so‘ndiradi chunki A

0 bo‘ladi. 
1.2.AKUSTIK TO‘LQINLAR, TEBRANMA HARAKAT TENGLAMASI 
Tovush, Tovush to'lqinlari. 
Tovush hodisalarining fizik tabiatini aniqlaymiz. Ma'lumki, sof tovush hosil 
qilish uchun kamertondan foydalanamiz Kamerton tovush chiqarganda, tebranib 
turadi; shuning uchun kamertonga tekkizilgan sharcha undan sakraydi. Tajriba 
o'zining tebranish vaqtida atrofdagi muhitda mexanik to'lqinlar hosil qiladigan 
tebranuvchi jism har doim tovush manbayi bo'lishini ko'rsatadi. Bu to'lqinlar kishi 
qulog'iga yetib borganda quloq ichidagi pardani majburiy tebrantiradi va odam 
tovushni eshitadi. 
Tovush -hodisalarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, hamma mexanik to'lqinlar 
ham odamda tovush sezgisini hosil qilavermas ekan. Tebranishlar chastotasi 16 Hz 
dan 20000 Hz gacha bo'lgan oraliqda yotuvchi to'lqinlargina tovush to'lqinlaridan 
iborat ekan. 
(Bu tebranishlar chastotasining pastki va yuqorigi chegarasi ayrim kishilar 
uchun yuqorida ko'rsatilgandan ozgina farq qilishi mumkin.) 
Demak, quyidagi shartlar bajarilganda odam tovushni sezadi: 
— chastotasi 16 Hz dan 20000 Hz orasida yotuvchi tovush manbayi mavjud 
bo'lishi; 
— quloq va tovush manbayi orasida elastik muhit mavjud bo'lishi; 




minimum
2
1
2
yoki
2
1
2
2
1









n
n
r
r


19 
— tovush to'lqinlarining quwati kishiga tovush sezgisini hosil qilishga yetarli 
bo'lish kerak. 
Tovush tezligi. Har birimiz momaqaldiroq vaqtida avval chaqmoq 
chaqnashini, so'ngra momaqaldiroq eshitilishini bilamiz. Bu hodisa yorugiikning 
tarqalish tezligi tovushning tarqalish tezligidan-yuz ming marta katta bo'lishi bilan 
tushuntiriladi. Yorug'lik signalining tarqalish vaqti juda kichik bo'lganidan, tovush 
tezligini aniqlashda uni hisobga olmaslik mumkin. Havoda tovush tezligini 
aniqlash uchun mo'ljallangan tajriba quyidagicha o'tkaziladi. Ikki kishi bir-biridan 
ma'lum masofada (1-2 km atrofida) turibdi. Ulardan biri kuchli tovush hosil 
bo'lishi bilan kuzatiladigan yorug'lik signali beradi (masalan, yuqoriga qarab miltiq 
bilan otadi), ikkinchisi esa yorug'lik signalini ko'rishi bilan sekundomerni yurg'izib 
yuboradi va tovush eshitilgandan so'ng uni to'xtatadi. Sekundomer bilan 
tovushning tarqalish vaqtini aniqlab, uning tezligini hisoblash oson. Ushbu turdagi 
tajribalar 0°C dagi haroratda tovushning tarqalish tezligi 332 m/s ga teng 
ekanligini va tempratura ortishi bilan uning ortishini ko'rsatadi. 
Tovushning balandligi va intensivligi. Biz eshitadigan tovushlar bizda 
sifatan har xil sezgilar hosil qiladi. 
Biz ajrata oladigan tovush sifatlaridan biri - uning balandligidir. Tovushning 
balandligi subyektiv tushunchadir. Ayni bir tovushning o'zi bir kishiga qattiq, 
ikkinchisiga sekin bo'lib tuyulishi mumkin. 
Akustika 
Akustika-fizikaning tovush va uning modda bilan o‘zaro ta‘sirini 
o‘rganuvchi bo‘limi. Kundalik turmushimizda bu so‘z ko‘pincha biror xonaning 
tovush xarakteristikasi sifatida qo‘llaniladi.
Akustik hodisalar- tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan hodisalardir. 
Agar artistlarning ovozlari teatr zalining istagan joyiga aniq eshitsa, agar 
ular tinglovchilarga tabiiy, buzilmagan holda yetib borsa, u holda zalning 
akustikasi yaxshi ekani haqida gapiriladi. Bunga erishish oson ish emas. Tovush 


20 
to‘lqinlari xonada devorlar va buyumlardan qaytib, ko‘p ovozli aks sado hosil 
qilishi mumkin. U zal uzra tarqalib asta-sekin so‘nadi. Bu hodisa reverberatsiya
deyiladi. Xonaning akustikasi ko‘p jihatdan reverberatsiya vaqtiga bog‘liq. Agar 
bu vaqt ancha katta bo‘lsa, tovushlar uzoq vaqt so‘nmaydi, biri ikkinchisiga 
qo‘shiladi va zalda tovushlar butunlay aralashib ketadi. Reverberatsiya vaqti juda 
qisqa bo‘lsa ham yaxshi bo‘lmaydi. Devorlar tovush to‘lqinlarini tez yutadi va 
ovozlar past eshitiladi, ularning tembri juda ham buziladi. Shuning uchun bu yerda 
o‘rtacha qiymatni izlab topish kerak. Ana shu ish bilan arxitektura akustikasi 
shug‘ullanadi, undan olingan ma‘lumotlarda loyihalashda, masalan, teatr va 
lektsiya zallarini, temir yo‘l va aerovokzal binolarini loyihalashda foydalaniladi.
Qurilish akustikasi ning vazifasi boshqachadir. U tovush to‘lqinlarining shahar 
kvartallari territoriyasida, zavod sexlarida, xona ichida tarqalishini o‘rganadi va 
odamlarni shovqindan himoya qilish usullarini qidiradi. Endi akustikaning asosiy 
ta‘rifiga qaytaylik. U juda keng ma‘noli va ko‘p turli xil tekshirish hamda amaliy 
qo‘llanish sohalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, tovushni va uning modda bilan 
o‘zaro ta‘sirlarini o‘rganish qattiq tog‘ jinslarini maydalovchi qurilmalar yaratishga 
va beton plita yoki po‘lat relsni o‘ziga xos «yoritib ko‘rishi» ga olib keldi, suv osti 
kemalarini «ko‘z» bilan ta‘minladi, u samolyotlarni qurishda zarur bo‘lmoqda, 
ximiyaviy reaktsiyalarni tezlashtirishning, yer ostidan tezroq va to‘laroq neft 
olishning yangi imkoniyatlarini ochmoqda. Akustik rezonans majburiy tebranishlar 
amplitudasi maksimal qiymatiga erishishidir. Tovush to‘lqinlari har qanday jism 
bilan uchrashib, majburiy tebranishlarni xosil qiladi. Jismlarning hususiy erkin 
tebranishlari chastotasi bilan mos kelishi akustik rezanatorni vujudga keltiradi.
Tovush gazlarda, suyuqliklarda, qattiq jismlarda navbatlashuvchi qisilishlar va 
cho‘zilishlar ko‘rinishida tarqaladi. Tovush to‘liqnining o‘tish yo‘lda modda bir 
siqiladi, bir cho‘ziladi, mutaxassislar aytganidek, ishorasi alamashinuvchi 
kuchlanishlar ta‘sirida bo‘ladi. Ma‘lum sharoitlarda bunday silkitish juda qattiq 
tog‘ jinsini ham yemirishi mumkin. Yaqinda tovushning shunday mexanik 
ta‘siridan neft qazuvchilar foydalanishdi. Vaqti-vaqti bilan neft olinadigan quduq 


21 
tubi loy bo‘laklari va qumtoshlar birgalikda hosil qilgan qattiq probka bilan bekilib 
qoladi. Uni buzish uchun quduq ichiga kuchli tovush manbai tushiriladi.
Suyuqliklarda intensiv ultratovush ta‘sirida bosimning kuchli tebranishlari 
vujudga keladi. Bu effektdan suyuqlikdagi muallaq zarralarni maydalashda, 
suyuqliklarni aralashtirishda, ximiyaviy rektsiyalarni tezlashtirishda foydalaniladi, 
chunki bosimning keskin o‘zgarish zonasida reagentlar molekulalari bir-biriga 
yaqinlashadi.


22 
1000 yillar oldin teatrlar akustikasiga rioya etilgan holda qurilgan, qadimgi katta 
teatrda asar ijrochisi jarayonida kuylovchi ovozlarning joylashish sxemasi. 
(rimlik arxitektor Vitruviy kitobidan, mil.avv.1-asr)
Tovush to‘lqinlarining (Suv osti relfini ultratovush yordamida qayd qilish) 
tarqalish tezligi atrof-muhitning xossalariga bog‘liq: suvda ular havoga nisbatan 
tezroq «yuguradi»; qattiq jismlarda esa suvga nisbatan tezroq harakatlanadi.
Ular bir xil zichlikdagi muhitdan boshqa xil zichlikdagi muhitga o‘tganda 
muhitlarning bo‘linish chegarasida qaytadi va sinadi. Bu xususiyatlar oddiy ko‘z 
bilan ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar uchun o‘ziga xos «ko‘rish organlari» yaratishga 
asos bo‘ladi. Masalan, past chastotali tovush to‘lqinlari yerning butun qalinligidan 


23 
osongina o‘tib ketadi. Bu tovush to‘lqinlarining turli yer qatlamlarida tarqalish 
tezligini o‘lchab, olimlar sayyoramizning ichki tuzilishini tekshiradilar.
Ma‘lumki, o‘rmon tomonga yoki tik toqqa qarab qichqirib va aks sadoning qaytib 
kelish vaqtini aniqlab, o‘rmon yoki toqqacha bo‘lgan masofani ancha aniq
vaqtning yarmini tovushning havoda tarqalish tezligiga ko‘paytirish kerak.
Ultratovush signallalaridan qaytgan aks sadoni qabul qiluvchi suv ostida 
ko‘radigan asbob-gidrolokator xuddi shunday ishlaydi. Gidrolokator yordamida 
dengiz chuqurligi o‘lchanadi, to‘siqqacha, masalan, yuqori kengliklarda suzishda 
aysberglar (muztog‘lar) gacha bo‘lgan masofa aniqlanadi. Metall, betonning ichki 
nuqsonlarini topish uchun ham o‘ziga xos ultratovush lokatoridan foydalaniladi. 
Agar material namunasi ichida begona narsalar, bo‘shliqlar yoki yoriqlar bo‘lsa, 
ultratovush to‘lqinlar ulardan to‘siqdan qaytgani kabi qaytadi.
Ultratovush tovush tebranishlarining chastotasi 20.000 Gs dan ortiq bo‘lgan 
to‘lqin. Inson qulog‘I esa 20 dan 20.000 Gs chastota tovush tebranishlari orakig‘ini 
eshitadi. Infraqizil 20 Gs dank am bo‘lgan muhitdagi bo‘ylama to‘lqindir. 
Bugungi kunda aksutika o‘zining boy imkoniyatlaridan yanada kengroq 
foydalanmoqda. Masalan, ultratovush eksperimental termoyadro qurilmlarida 
plazmaning million gradusgacha qizishiga yordam beradi, yaqinda esa olimlar 
tovush to‘lqinlarning aviatsiya hamda fan va texnikaning boshqa sohalari uchun 
o‘ta muhim bo‘lgan ajoyib xususiyatini gaz va suyuqliklarning oqishini 
boshqarish, bu oqishi uyurmali, turbulent yoki aksincha, uni sokin, laminar oqishga 
keltirish mumkinligini kashf etdilar.
To‘lqinlarning qaytishi.
Muhit chegaralangan bo‘lsa, tarqaluvchi to‘lqinlar ikki muhit chegarasidan 
qaytadi.To‘lqin tarqaluvchi metall sterjinning ikkinchi uchi havo bilan 
chegaradosh bo‘lsin.Zichlanish sterjenning chetki qatlamiga Yetganda uning 
zarralari to‘lqin tarqalish yo‘nalishida tezlik oladilar. 
Chegaraviy qatlam muhit zarralari harakatiga qarshilik qilmaganidan, 
unda chetki zarra tezligi yo‘nalishiga teskari yo‘nalishli kuchlanish hosil bo‘ladi. 


24 
Natijada chetki, qatlam zarralari o‘z tezligini yo‘qotadilar, cho‘zilgan joydagi 
zarralar esa, Yuguruvchi to‘lqin o‘tganda olgan tezligi yo‘nalishida tezlik 
oladilar. Natijada chegaraviy qatlam oldidagi navbatdagi qatlam chegara tomon 
siljishidan, u o‘z navbatida o‘z oldidagi qatlamini cho‘zadi. Natijada siqilgan 
deformasiya to‘lqini erkin chegaradan qaytishda cho‘zilish deformasiyasiga 
almashib, avvalgi yo‘nalishga teskari yo‘nalishda tarqaladi. Qaytgan to‘lqinda
zarracha tezligi va siljish yo‘nalishi Yuguruvchi to‘lqindagi tezlik va siljish 
yo‘nalishida bo‘ladi. Deformasiya o‘z ishorasini o‘zgartiradi. (Siqilish cho‘zilish 
deformasiyasiga o‘tadi). Siljish va cho‘zilish deformasiyalari tarqalishida ham 
shu kabi holat kuzatiladi. 
To‘lqinning zichligi kamroq muhitdan qaytishda deformasiya ishorasi 
o‘zgaradi, zarralarning tezligi va siljishi yo‘nalishi o‘zgarishsiz qoladi. 
Chetki qismi mahkamlangan sterjenda qaytish jarayoni avvalgiga teskari bo‘ladi.
Chetki qatlamga Yetib kelgan siqilish deformasiyasi shu yo‘nalishda chetki 
qatlamdagi zarralarni siljita olmaydi. Shu sababli u qo‘shni qatlamga qaytib, 
teskari yo‘nalishda tarqalishi zarur. Natijada zarralarning tezligi yo‘nalishi
ishorasini o‘zgartiradi. Tarqaluvchi to‘lqinda zarracha tezligi yo‘nalishi chegara 
tomonga bo‘lsa, qaytishda chegaradan sterjen tomonga yo‘naladi.Zichroq 
muhitdan to‘lqinning qaytishida deformasiya ishorasi saqlanadi, lekin tezlik va 
siljish yo‘nalishi teskarisiga o‘zgaradi. 
To‘lqin tenglamasi. 
To‘lqin tenglamasi to‘lqinli prosessda qatnashayotgan tebranuvchi nuqta 
siljishi S bilan uning muvozanat holi koordinatalari va vaqt orasidagi munosabatni 
ifodalaydi. Yo‘nalish OX bo‘yicha tarqaluvchi to‘lqin uchun bu munosabat 
umumiy shaklda quyidagicha yoziladi. 
S

f(x,t) (9) 
Agar S va X bir to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yo‘nalgan bo‘lsalar, to‘lqin bo‘ylama 
bo‘ladi, agar ular o‘zaro perpendikulyar bo‘lsalar to‘lqin ko‘ndalang bo‘ladi. 
Vaqtning ixtiyotiy t momentida to‘lqinni har bir nuqtasi holatini aniqlashga imkon 


25 
beruvchi tenglamani keltirib chiqaraylik. O nuqta tebranish manbai bo‘lsin. Bu 
holda to‘lqin Yassi to‘lqin bo‘lsin. OX o‘qi bo‘ylab, so‘nmasdan barcha 
nuqtalarning amplitudalari bir xil A ga teng, deb olaylik. Koordinatasi X


bo‘lgan nuqtaning tebranish tenglamasi 
S

y

Acos

t (10) 
ifodalaydi . 
Bu yerda A-tebranish amplitudasi, 

-doiraviy chastotasi, t tebranish 
boshlanishidan hisoblangan
vaqt. Tebranish V nuqtaga v tezlikda X masofani bosib 

-vaqtda Yetib kelsin. 
(11) 
Demak, V nuqta O nuqtaga nisbatan shuncha vaqt kechroq tebrana boshlaydi. V 
nuqtaning muvozanat vaziyatdan siljishi 
(12) 
bo‘ladi. Bu Yerda t‘-V nuqta tebrana boshlagandan boshlab hisoblangan vaqt (2) 
va (3) ifodalardan foydalanib



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin