AVGUST
OY MAVZUSI: QUVNOQ VA SOG‘LOM BOLALAR
Guruh
Katta
Mavzu
Vitaminlar bilan qiziqarli uchrashuvlar
Muddati
Avgust 1-hafta
Rivojlanish
sohalariga
oid
maqsadlar
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush
tarzining shakllanishi
Bolalar sport turlariga qiziqadilar, ochiq havodagi musobaqalar, harakatli va estafetali о‘yinlarda ishtirok etadilar.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Bolalar jamoada о‘zini tutish, tengdoshlari bilan samimiy munosabatda bо‘lish, atrofdagilar bilan barqaror
aloqalar о‘rnatish, dо‘stlar orttirish, ularga yordam berishni biladilar.
Nutq,
muloqat,
о‘qish
va
yozish
malakalari
Bolalar tо‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilishga harakat qiladilar. Bolalarda zararli odatlar (tirnoqni og‘ziga
solish, predmetlarni sо‘rish va chaynash, barmoqlarni quloq va burun teshigiga solish) haqida tushuncha
shakllanadi.
Bilish jarayonining rivojlanishi
Bolalar hо‘l mevalarning о‘ziga xos jihatlarini amaliy ish orqali farqlashga о‘rganadilar.
Ijodiy rivojlanish
Bolalar vitaminlar va ularning foydali tomonlarini bilgan holda ularni rasmda tasvirlaydilar, bolalar turli qurilish
materiallaridan foydalanib dorixona yasaydilar, urug‘lardan bog‘ va poliz ekinlarini yasaydilar.
Dostları ilə paylaş: