Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/27
tarix24.08.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#63242
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
1- mavzu

Qovoqni ichkariga burilishi. 
Qovoqning kiprikli qirrasini ko‘z olmasi tomonga qayrilishi kasalligida kipriklar shox pardani 
qirib shikastlantiradilar va yara hosil qilinlari ham mumkin. Qovoqni ichkariga burilish spastik (ya’ni 
aylanma mushakning qovoq kismini spastik kiskarishi) va chandiqli (ya’ni tog‘ayni travma, traxoma, 


kuyish oqibatida kiyshayishi) bo‘lishi mumkin. Spastik qovoqni ichkariga burilish ko‘pincha keratit va 
qon’yunktivit bo‘lgan kariyalarda ham uchraydi. Davolash: qovoqni spastik ichkariga burilishini 
davolashda avval keltirib chikaruvchi sabablarni yo‘qotish zarur. Xirurgik davolash: qovoq terisining bir 
kismi olib tashlanadi va qovoqni tashqariga qaratuvchi iplar qo‘yiladi. Chandiqli qovoqni ichkariga 
burilishi plastika qilish yo‘li bilan to‘g‘rilanadi. 
Qovoqni tashqariga buralishi spastik, paralitik, atonik va chandiqli bo‘ladi. 
Qovoqni spastik tashqariga burilishi surunkali blefaroqon’yunktivitlarda yuzaga keladi. 
Qovoqni paralitik tashqariga burilishi yuz nervi paralichida ko‘zatiladi. Qovonni atonik 
tashqariga burilishni odatda qariyalarda aylanma mushakning atrofiyasi va terining elastikligining 
yo‘qolishi oqibatida bo‘ladi. 
Qovokni chandiqli tashqariga burilishi travma, qo‘yish natijasida yuzaga keladi. Klinik 
ko‘rinishda qovoq ko‘z olmasidan ajralib va pastga osilib turadi. Og‘ir holatlarda qovoq qon’yunktivasi 
tashqariga ag‘darilib turadi va doimiy tashqi ta’sirga duchor bo‘lgani uchun gipertrofiyalanadi hamda 
dag‘allashadi. Qovoqni tashqariga burilishi yosh nuqtalarning ham tashqariga burilishi bilan birgalikda 
bo‘ladi, shuning uchun doimiy ko‘z yoshlanishi ko‘zatiladi. Davolash, asosan xirurgikdir. Keng 
qo‘llaniladigan usullardan biri Kunit-shimanovskiy operatsiyasidir. 
Qovoqning tug‘ma anomaliyalari. 
Blefarofimoz – ko‘z tirqishining qisqarishi va qisilib turishi. Ba’zi hollarda uzunligi 10 mm va 
eni 4 mm. Gacha bo‘ladi. Bu anomaliya epikantus va mikroftalm bilan birgalikda ham uchrashi mumkin. 
Epikantus. 
Ko‘z tirqishining ichki burchagiga yarim oysimon teri burmasining bo‘lishi. Teri burmasi 
yuqori qovoqdan pastki qovoqqa birikib, ko‘z tirqishi ichki burchagi qisman yopib turadi va deformatsiya 
kiladi. Epikantus har doim ikki taraflama bo‘lib u mongoloid qiyofasini berib turadi. 
Koloboma. 
Qovoq kirrasining uchburchak yoki yarim dumaloq shaklda defekti borligidir. Ko‘pincha yuqori 
qovoqda bo‘lib, yuz sohasidagi boshqa anomaliyalar bilan birga uchrashi mumkin. 
Davolash. Yukorida ko‘rsatilgan hamma anomaliyalar plastik operatsiya qilish yo‘li bilan 
davolanib, yaxshi natijalarga erishish mumkin. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin