yo‘g‘onlashishi va ichkariga qayrilishiga olib keladi. Blefaritlar odatda surunkali qon’yunktivitlar bilan
birgalikda uchraydi. Qovoqdagi dag‘al o‘zg‘arishlar shox parda tomonidan asoratlarra olib kelishi
mumkin
Etiologiya va patogenezi.
Blefaritni kelib chiqish sabablari ko‘p va turlidir. Umumiy sabablardan vitaminlar etishmasligi,
anemiya,
oshqozon-ichak kasalliklari, gijja, endokrin va modda almashinuvining bo‘zilishi, allergik
kasalliklar aloxida ahamiyatga egadilar. Ko‘pgina hollarda tonzillit, burun polipi, adenoidlar,
refraksiya
anomaliyasi ham sababchi bo‘ladilar, Balog‘atga etish vaqtida neyroendokrin o‘zgarishlar tog‘ay va yor
bezlarining funksiyasining buzilishiga olib keladi. Bu disfunksiya bir tarafdan gipersekretsiya, ikkinchi
tarafdan sekretni kerakli miqdorda chiqib ketishini ta’minlay olmasligidir. Qon’yunktival bo‘shliqdagi
mikroflora qovoq yog‘ bezchalari, kiprik ildizi qochalariga va tog‘ay
bezlariga kirib autoimmun
sensibilizatsiya oqibatida ularning yallig‘lanishiga olib keladi.
Davolash: Blefaritlarni davolash umumiy va mahalliy tadbirlardan iboratdir. Avvalo kasallikni
kelib chiqish sabablari aniqlab ularni yo‘qotish. Organizmni sog‘lomlashirish va chiniqtirish. Mahalliy
davo: oddiy va chiranoksimon blefaritlarda tog‘ay
va yog‘ bezlarining funksiyasini yaxshilash uchun
qovoqlarni shisha tayoqchalar yordamida massaj qilish, antibakterial surtma dorilar va tomchilar berish.
Qovoq qirg‘oqlarini 1% li brilliant yashilning spirtli eritmasi bilan surtib chiqish kerak.
Yarali
blefaritlarda esa qovoqlarni oldin yiringli po‘stloqlardan tozalash va 1% brilliant yashil bilan surtib turish
kerak.
Dostları ilə paylaş: