4-bosqich 7-semestr: Majburiy fanlar
43.
4-bosqich 7-semestr: Tanlov fanlar (30 ECTS)
44. XBIM2706
Xalqaro bank
ishi va moliya
Bank boshqaruvi samaradorligi va iqtisodiy tamoyillarga amal qilish qancha
yuqori bo’lsa, u shunchalik ko’p foyda ko’radi va natijada barqaror moliyaviy
institutga aylanadi. Shuning uchun boshqaruv samaradorligini oshirish har qanday
ijtimoiy rivojlanish darajasida har bir davlatda muhim vazifa hisoblanadi. Moliyaviy
institut sifatida bank faoliyati likvidlik holatini saqlab, risklarni kamaytirib,
qo’yilma egalari va aksionerlarning huquqlarini saqlagan holda yuqori daromad
olishga bog’liq. Har bir davlat o’z hududidagi banklar barqarorligiga alohida e’tibor
qaratadi. Bank tizimini rivojlantirish muammolari ko’tarilib uni hal etish,
rivojlantirish masalalarini o’rganish, tahlil qilish, uning harakat mexanizmidagi
kamchiliklarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llarini taklif qilish, konkret holda
bank sohasidagi yangiliklarini ifodalash ushbu kursda o’rganiladigan muhim
jihatlardir:
6
7
45. BFRB2706
Bank
faoliyatida
risklarni
boshqarish
Fanning vazifalari: riskning nazariy tushuchasi, iqtisodiy mohiyati va o’ziga
xos jihatlarini o’rganish; bank faoliyatida risklarning tavsifi va uni boshqarish
usullarini tizimlashtirish; bank risklarini boshqarishning ilg’or tajribalarini tadqiq
etish O’zbekiston sharoitida joriy etish yo’llarini ishlab chiqish; O’zbekiston
banklarida kredit qo’yilmalarining tarkibi va ularni boshqarishdagi risklar amaldagi
holatini tahlil qilish; tijorat banklarining kredit portfeli va ularda tarkibiy risk
omillarini tizimlashtirish asosida tahlil etish; O’zbekiston tijorat banklari aktivlari
sifatining amaldagi holati va uning bank risklariga ta’siri aniqlash va baholash;
tijorat banklari faoliyat riskini kamaytirishda kapital monandligi barqarorligini
ta’minlashga qaratilgan; tijorat banklari faoliyatida risklarni boshqarish usullarini
takomillashtirishga qaratilgan jihatlarni o’rganishdan iborat.
6
7
46.
PMSZN270
6
Pul va monetar
siyosatning
zamonaviy
nazariyalari
Mazkur uslubiy qo’llanmada iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida
monetar siyosatning ahamiyati, hozirgi kundagi holati, monetar instrumentlarning
mohiyati va ulardan foydalanish, monetar siyosatning davlat moliyasini
boshqarishdagi ahamiyati, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf
etishdagi roli, monetar siyosatning ustuvor yo’nalishlarini strategik vazifalarini
aniqlash yo’llari, monetar siyosatni takomillashtirish yo’llari ko’rsatib berilgan.
6
7
47. BAA2706
Bank
auditi
amaliyoti
Kursning maqsadi bo’lib, respublikamiz tijorat banklarining daromad va
xarajatlari auditi hamda buxgalteriya hisobining amaldagi holatini tahlil qilish
nazariy va amaliy jihatlarini o’rganish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun
quyidagi vazifalar belgilanadi: tijorat banklari faoliyatining daromad va xarajatlarini
nazariy asoslarini o’rganish; tijorat banklari daromad va xarajatlari buxgalteriya
hisobi hamda auditining zamonaviy holatini hamda uning huquqiy asoslarini
o’rganish; respublikamiz tijorat banklarining daromad va xarajatlari buxgalteriya
hisobi hamda auditi bilan bog’lik muammolarni aniqlash; tijorat banklari daromad
va xarajatlari buxgalteriya hisobi va auditini o’tkazishni takomillashtirish bo’yicha
amaliy ishlar to’g’risida tushinchalar berish.
6
7
48. HFX2706
Hayot faoliyati
xavfsizligi
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining maqsadi – bo’lajak mutaxassislarga hayotiy
faoliyatlarida
yuzaga
keladigan
xavflarning
kelib
chiqish
sabablarini,
xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo’qotish uslublarini xavfsiz ish sharoitlarini
yaratish tabiiy texnogen va yekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarda aholini
himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat
olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalarini o’rgatishdan iborat.
Bundan tashqari inson hayotiy faoliyatida yuzaga keladigan xavflarni o’rganish,
ularni identifikasiyalash, ishlab chiqarishda muqobil muhitni yaratish, texnosferada
kasb kasalliklarni kamaytiradigan va baxsiz hodisalarni oldini oluvchi tadbirlarni
ko’rish, shuningdek, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga
o’rgatish, shikastlangan o’choqlarda aholini qutqarish va tiklov ishlarini o’tkazish,
6
7
yong’inga qarshi xavfsizlik boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim,
ko’nikma va kasbiy malakaga yega insonni tarbiyalashga qaratilgan.
49. BB2706
Bank
boshqaruvi
(6 ECTS)
Mazkur fanda bank marketingi va menejmentining tashkiliy asoslari, uning
boshqaruv jarayonini tarkibi, bank boshqaruvi apparatining tuzilishi, bank siyosati
va bank sohasida marketingni qo’llanilishi kabi masalalar yoritilgan. Shu bilan birga
bankdagi moliyaviy menejment bo’yicha ayrim savollar, ya’ni, bank xususiy
kapitalini, aktivlarini, qarz mablag’larini, passivini, daromadlarini, bank riskini,
investisiya va kredit portfelini boshqarish masalalari ko’rib o’tilgan.
6
7
50. MM2706
Moliyaviy
menejment
(6 ECTS)
"Moliyaviy menejment" fanining o’rganish iqtisodchilarning bank ishi va
xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida negizli tayyorgarliklari talabidan kelib
chiqqan holda ko’riladi. Fanning o’rganishdan pirovard maqsad-moliyaviy
menejmentning asoslari bo’yicha bo’lajak mutaxassislarda chuqur nazariy va amaliy
bilimlarni shakllantirish, subyektning moliyaviy menejment darajasini ko’rsatuvchi
asosiy ko’rsatkichlarni hisoblash uchun amaliy bilimlar ishlab chiqish, moliyaviy
munosabatlar prizmasi orqali subyektni strategik maqsadiga erishish, hamda taktik
vazifalarni amalga oshirishdir
6
7
51. ANBM2706
Aksiya
narxlari va
buxgalteriya
ma’lumotlari
Ushbu kursning maqsadi buxgalteriya hisobini axborot tizimi, shuningdek biznes tili
sifatida tushunishni osonlashtirishdir. Kurs ishtirokchilarni biznes bilan bog'liq
oqilona qarorlar qabul qilishda ularning analitik kuchlarini oshirishga
ko'maklashadigan turli xil moliyaviy vositalar va texnikalar bilan tanishtirish uchun
mo'ljallangan.
6
7
52.
RM2706
Raqamli
marketing
Raqamli marketing (raqamli marketing, raqamli marketing) - bu potentsial
xaridorlarni jalb qilish va ularni iste'molchi sifatida saqlab qolish uchun raqamli
texnologiyalardan foydalanadigan tovarlar va xizmatlarning maqsadli va interaktiv
marketingini anglatadigan umumiy atama. Raqamli marketingning asosiy maqsadi -
brendni ilgari surish va sotishning turli xil texnikalar yordamida o'sishi. Raqamli
marketing mahsulotlarni, xizmatlarni va brendlarni ilgari surish uchun turli xil
marketing taktikalarini o'z ichiga oladi. Mobil texnologiyalardan tashqari, an'anaviy
teleradio raqamli marketing usullari Internetni asosiy aloqa vositachisi sifatida
ishlatadi.
Raqamli marketingning asosiy faoliyati: qidiruv tizimini optimallashtirish, qidiruv
mexanizmi marketingi (SEM), kontent marketingi, influencer marketingi, kontent
yaratishni avtomatlashtirish, elektron tijorat marketingi, ijtimoiy media marketingi
(SMM), to'g'ridan-to'g'ri pochta, PR reklama, elektron reklama. -kitoblar, dasturlar,
o'yinlar va boshqa raqamli mahsulotlar. Internetga bevosita aloqasi bo'lmagan
kanallar ham ishlatiladi: mobil telefonlar (SMS va MMS), qayta qo'ng'iroq qilish,
6
7
qo'ng'iroqlarni ushlab turish ohanglari. Raqamli marketingning asosiy tushunchasi-
mijozlarga yo'naltirilgan yondashuv.
Raqamli marketing - bu tovarlar va xizmatlarni ilgari surish va sotish uchun raqamli
kanallardan foydalanadigan usullar to'plami.
53.
SM2706
Strategik
marketing
Strategik marketing-bu iste'molchilarni raqobatchilardan yuqori iste'mol tovarlari
bilan ta'minlaydigan tovarlar va xizmatlar yaratish siyosatini muntazam ravishda
olib borish orqali bozorning o'rtacha ko'rsatkichidan oshishga qaratilgan uzoq
muddatli rejali ufqqa ega bo'lgan faol marketing jarayoni.
Strategik marketing kompaniyani o'z resurslariga mos keladigan iqtisodiy
imkoniyatlarda va o'sish va rentabellik salohiyatini ta'minlashda maqsad qiladi.
Strategik marketingning vazifasi - kompaniyaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni
ishlab chiqish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va kompaniyaning mahsulot
portfelining muvozanatli tuzilishini ta'minlash.
Fanning maqsadi:
Kompaniyaning vazifalarini aniqlashtirish,
Noyob sotish taklifini (USP) shakllantirish,
Maqsadlarni aniqlash,
Rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish,
Mahsulot portfelining muvozanatli tuzilishini ta'minlash.
6
7
54.
IBB2706
Iqtisodiy
bilimlarni
boshqarish
Fanning o’qitishdan maqsad – talabalarga iqtisodiy bilimlarni boshqarish, jumladan
iqtisodiy tahlil, ilmiy tadqiqot va boshqarish faoliyati sohasida innovatsiyalardan
samarali foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish hamda fan bo’yicha bilim,
ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat
Fanning asosiy vazifalari - talabalarga iqtisodiy bilimlarni boshqarishga tayangan
innovatsion nazariyalar, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaralilgan
korporativ innovatsion tizimlar va innovatsion strategiyalami yaratishning nazariy
asoslari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish, iqtisodiy bilimlarda milliy innovatsion
tizimlarning rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish, bilimlarga tayangan innovatsion
biznesni loyihalashtirish, innovatsion loyiha va dasturlarning iqtisodiy tahlilini
amalga oshirish, innovatsion faoliyatni tashkiliy shakllari va uni moliyalashtirish
tizimi to‘g‘risida yaxlit tasavvurni shakllantirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini
oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlanmalar va innovatsion qarorlami iqtisodiy
bilimlar asosida qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, innovatsion biznesda
6
7
narx va xarajatlar siyosatini amalga oshirish hamda innovatsion risklarni boshqarish
bo‘yicha amaliy ko‘nikmalami hosil qilishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |