afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida modellashtiruvchi obyektga
omillaming ta’sirini, natijaviy ko’rsatkichga resurslaming o’zaro munosabatlarini
ko’rsatish mumkin. Bu yesa o’nlab tarmoqiar va minglab korxonalarda ishlab
chiqarish natijalari va milliy iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini ilmiy asosda
bashorat yetishgaprognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi. Ekonometrik
modellaming ahamiyatini quyidagilarda ko’rish mumkin: 1. Ekonometrik usullar va
modellar iqtisodiy va tabiiy fanlami rivojlantirishda yetakchi vosita bo’lib xizmat
qiladi. 2. Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan
oqilona foydalaniladi. 3. Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan
bashoratlami umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlami kiritish mumkin
bo’ladi. 4. Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil
qilibgina qolmasdan, balki ulaming yangi o’rganilm agan qonuniyatlarini ham
ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi
rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin. 5. Ekonometrik usullar va modellar
hisoblash ishlarini avtomatlashtirish, aqliy mehnatni yengillashtirish, iqtisodiy soha
xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil yetish va boshqaruv qarorlarini
sifatliroq tayyorlash imkonini beradi. Bu kompleksnihg bitta tahlil obyekti bor -
ya’ni, iqtisodiyot, iqtisodiy tizimlar, asosiy o’rganish predmeti yesa, ulardagi
miqdoriy bog’lanishlardir. Boshqa iqtisodiy fanlarga qaraganda, ushbu kompleks
iqtisodiyotni har xil Ekonometrik usullar va modellar asosida tahlil qiladi.
Dostları ilə paylaş: