1-bosqich 2-semestr: Majburiy fanlar
7. ECOTHE6
Iqtisodiyot
nazaritasi
Ushbu fan iqtisodiyotning asosiy fundamenti bo’lib, u birinchi kursning
birinchi semestrida o’qitiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi iqtisodiyotga
kirish, bozorning vazifalarining amal qilishini o’rganishni o’qitishga qaratilgan.
Fanning tarkibini tushunish tadbirkorlik qarorlarini qabul qilish, iqtisodiy siyosatni
tushunish va ishlab chiqish, umuman olganda zamonaviy iqtisodiy faoliyatni
o’rganish kabi jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani quyidagi tarkibiy tuzilmadan iborat:
Iqtisodiyot faniga kirish.
O’quv dasturining birinchi qismida asosiy iqtisodiy muammo, ishlab chiqarish
omillari, ishlab chiqarish imkoniyatlari qiymati va ishlab chiqarish imkoniyatlari
yegri chiziqlarini o’z ichiga olgan fundamental g’oyalar va tushunchalar keltirilgan.
Iqtisodiy resurslarning taqsimlanishi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarni taqsimlashning asosiy tamoyillari
narx mexanizmi orqali ko’rib chiqiladi. Talab va taklifning bozor kuchlari, bozor
muvozanati va nomutanosiblik, yegiluvchanlik ushbu bo’limning asosini tashkil
yetadi.
Mikroiqtisodiy qaror qabul qilinishi.
6
2
Mikroiqtisodiyot o’rganishning muhim sohasidir va bu yerda asosiy asosiy
qaror qabul qiladiganlar: banklar, uy xo’jaliklari, ishchi kuchi, kasaba uyushmalari
va tadbirkorlarning roli orqali amalga oshiriladi.
Davlat va makroiqtisodiyot.
Davlatlar turli xil makroiqtisodiy maqsadlarga yega va ko’pincha ularga
yerishish uchun qo’llaniladigan choralarni tanlash o’rtasida ziddiyatlar yuzaga
keladi. O’zgarishlarning sabablari va oqibatlari va tegishli siyosatlarni ko’rib chiqish
uchun turli o’lchovlarni qo’llash kerak.
Iqtisodiy rivojlanish.
Iqtisodiyot rivojlanar yekan, aholi, turmush darajasi, qashshoqlik va
daromadlarni qayta taqsimlashda o’zgarishlar bo’ladi. Shu sababli, turli
mamlakatlarda aholi soni va tuzilishidagi o’zgarishlar va rivojlanishning boshqa
ta’sirlari o’rganiladi.
Xalqaro savdo va globallashuv.
Mamlakatlar o’rtasidagi savdoning ahamiyati va globallashuvning kuchayishi
o’rganilmoqda. Ixtisoslashuv, yerkin savdo, transmilliy kompaniyalarning roli,
valyuta kurslari va to’lov balansi barqarorligi kabi tamoyillar ko’rib chiqiladi.
8. APPMAT26
Amaliy
matematika 2
Ushbu kursda iqtisodiyotning barcha yonalishlarida qo’llaniladigan matematik
tushunchalarning asoslari o’rganiladi. Bizga ma’lumki iqtisodiyotdagi masalalar
avval matematika tiliga so’ngra matematik tildan yesa algebra tiliga
o’giriladi.Natijada iqtisodiy masalalarni yechish uchun ularni algoritmlari
yaratiladi. Iqtisoddagi masalalarni yechishda zamonaviy usullardan biri bu “machine
learning” bo’lib, asosan katta hajmdagi ma’lumotlar omborini tahlil qilishda
“Python ”dasturlash tilining “numpy”, “pandas”, “matplotlib”, “sklearn”
kutubhonalaridan foydalaniladi. Bu kutubhonalar chiziqli algebra, analitik
geometriya, matematik analiz ,yehtimollar nazariyasi va matematik statistika
tushunchalari asosida yaratilgan. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda “Stata”
dasturiy paketi haqida ham huddi shunday fikrlarni bildirish mumkin.Kurs chiziqli
algebra, analitik geometriya, matematik analiz, yehtimollar nazariysi va matematik
statistika bo’limlaridan iboratdir. Chiziqli algebra qismi matrisalar nazariyasidan
boshlanib vector fazo tushunchalarigacha bo’lgan qismni o’z ichiga oladi.Matematik
analiz qismi funksiyalardan boshlab, differensial tenglamalar kursini ham o’z ichiga
oladi.Hodisalar yehtimolligi,tasodifiy miqdorlar va statistik ma’lumotlarni tahlil
qilishga oid bo’lgan masalalar yehtimollar nazariyasi va matematik statistika
qismida mujassam bo’lgan.
6
2
9. FORLAN16
Xorijiy til 1
(ingliz, nemis)
Ingliz tili kursining maqsadi talabalarga chet yel tilida malaka va muomala
ko‘nikmalarini berish, ularning bugungi global madaniyat dunyosini hisobga olgan
holda o‘zlarining kasbiy va ilmiy sohalarida samarali ishlashlariga imkon berishdir.
6
2
Ushbu daraja quyidagi ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan: chet tili bilan
aloqa qilish kompetensiyasi, lingvistik kompetensiya, sotsiolingvistik kompetensiya,
sotsial-madaniy kompetensiya, ijtimoiy o‘zaro ta’sir kompetensiyasi va pragmatik
kompetensiya va nutqni tahlil qilish ko‘nikmalari.
Ushbu nemis tili kursi 1-2 semestrda rejalashtirilgan va “Chyet tillarni
bilishning umumevropa kompetensiyasining o‘rganish,
o‘qitish
va
baholash
(CYEFR) tizimi” til o‘rganish standartlariga muvofiq nemis tilida A1- A2 darjasida
nemis tilini o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Kurs nemis tili tamoyillari va
kommunikativ, interaktiv ko‘nikmalar yondashuvlari, o‘quv jarayoni uchun umumiy
bo‘lgan grammatik mavzular, o‘xshash sintaktik hodisalar, til, yozuv, tinglash
qobiliyatlari va malakalariga asoslangan bo‘lib, doimiy ravishda o‘qitib boriladi.
Kurs uchun tanlangan mavzular asosan hayotdagi kundalik holatlar bilan bog‘liq va
biz uchun muhim bo‘lgan vaziyatlarda juda muhim bo‘lgan tanlangan mavzular
qamrab olingan. Uzluksiz taʼlim tizimining chet tillar boʼyicha davlat taʼlim
standartidagi “Chyet tillar boʼyicha taʼlimniig barcha bosqichlari bitiruvchilarining
tayyorgarlik
darajasiga
qoʼyiladigan
talablar”ga
muvofiq
oliy
taʼlim
muassasalarining ixgisosligi chet tili boʼlmagan fakultetlari bitiruvchilari nemis tili
boʼyicha A1-A2 va undan yuqori darajalarni yegallashlari belgilab berilgan. Nemis
tili kursi mazmun-mohiyatiga koʼra umumiy (akademik) til koʼnikmalarini
rivojlantirishga
qaratilgan,
talabalarning
boʼlg‘usi
kasbiy
faoliyatlarida
foydalanadigan til kompetensiyalarini rivojlantirishga moslashtirilgan. Mustaqil
taʼlim talabalarda tildan yerkin foydapanish koʼnikma va malakalarini yegallash
motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu nemis tili kursi
„Nemis tili“ fanini oʼqitish davrida talabalarning umumiy, akademik va kasbga
yoʼnaltirilgan til koʼnikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Nemis tilni
oʼrganishning mustaqil muloqot (A1-A2 va undan yuqori) darajalari talabalarda
koʼnroq akademik va kasbga yoʼnaltirilgan til koʼnikmalarini rivojlantirishni taqozo
yetadi.
10. PHILOS4
Falsafa (6
ECTS)
“Falsafa” fani insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri bo‘lib, olam va
uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq
va yo‘qliq, kabi ko‘plab muammolar haqida bahs yuritadi. Falsafa dunyoqarashning
umumlashgan tizimini yaratish va unda inson o‘rnini ko‘rsatishga qaratilgan fandir,
u insonning dunyoga bo‘lgan bilish, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy, diniy, estetik va
boshqa munosabatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi.
Ushbu fan metodologik ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, uning
mohiyatini o‘rganish jarayonida talabalarda boshqa fanlardan olgan bilimlarini
umumlashtirish, o‘zining falsafiy mushohada qilish qobiliyatini rivojlantirish, olam
haqida yaxlit tasavvur hosil qilish va umumiy madaniy darajasini yuksaltirish
6
2
imkoniyati paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |