O`zbekiston respublikasi


Shohsanam» kabi dostonlar, «Bulbuligo`yo», «Malikai Husnobod», «Uch og`a-ini



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Shohsanam» kabi dostonlar, «Bulbuligo`yo», «Malikai Husnobod», «Uch og`a-ini 
botirlar» kabi ertaklar, lirik qo`shiqlar, marosim va mehnat qo`shiqlari hamda 
boshqa og`zaki ijod namunalari xalqimiz qadriyatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da xalq qadriyatlarining tarbiyaviy ahamiyati 
alohida qayd etilgan. Xususan, «Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy 
yo`nalishlari» bobining «Ma`naviy-axloqiy tarbiya va ma`rifiy ishlar» moddasida: 
«Yosh avlodni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy 
an`analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali 
tashkiliy pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi»,- 
deyilgan. Ushbu muhim davlat hujjatida xalq og`zaki ijodining asrlar bo`yi yosh 
avlodni tarbiyalash vositasi bo`lib kelganligi alohida ta`kidlangan. 
Bugungi kunda ma`lum bo`lyaptiki, shaxsni tarbiyalashda uning ruhiy holatiga 
ta`sir qilmasdan samaraga erishib bo`lmaydi. Xalq og`zaki ijodida avlod tarbiyasi 
aynan ana shu usuldan foydalangan holda amalga oshiriladi. Jumladan, «Alpomish» 
dostonida Alpomishning soddaligi va ishonuvchanligidan foydalangan dushman uni 
va sheriklarini tuzoqqa tushiradi. Qahramonning bir kun may ichib hushyorligining 
yo`qotishi 7 yil zindonda yotishiga sabab bo`ladi. Yoki dostonda aka-uka Boybo`ri va 
Boysarining murosasizligi tufayli o`n minglab qo`ng`irotliklarning boshiga misilsiz 
ko`rgiliklar tushadi.
Bundan ma`lum bo`ladiki, dono xalqimiz psixologiya fanining zamonaviy 
yutuqlaridan bexabar holda yoshlarni tarbiyalashda eng ma`qul yo`lni tanlagan ekan.
Pedagogikada yosh avlodni vatanparvarlik, xalqparvarlik, mehnatsevarlik, 
rostgo`ylik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e`tibor beriladi. Bundan tashqari, 
xalq o`z farzandlarining ziyrak, irodali, insonparvar bo`lib yetishishini orzu qilgan. 
Xalq og`zaki badiiy ijodidagi asarlarda tanqid ostiga olingan qahramon o`z fe`lidagi 
kamchiliklarni tuzatadi va murod-maqsadiga yetadi. Bu misollar ham xalqimiz 
og`zaki ijodining muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi.



Xalq og`zaki ijodi bilan yaqindan tanishish bu asarlarda inson tarbiyasiga oid 
hech qanday bo`sh o`rin qolmaganligini ko`rsatadi. Xususan, ba`zi ertaklarda asar 
qahramonining ziyrakligini tekshiruvchi topishmoqlar mavjud. Bir qator epik 
asarlarda esa hayotda yomonlik qilgan shaxsning jazosiz qolmasligi ta`kidlanadi.
Bevosita yosh bolalarning tarbiyasiga oid masalalar ham xalq og`zaki ijodi 
namunalaridan sezilarli o`rin olgan. Bu o`rinda topishmoqlarda majoziy fikr 
yuritilishini, tez aytishlarda nutq organlari shakllanishiga e`tibor berilganini, bolalar 
qo`shiqlarida estetik tarbiya bilan jismoniy tarbiyaning uyg`un ekanligini nazarda 
tutamiz.
Xalq og`zaki ijodi va xalq pedagogikasining aloqasi haqida maxsus fikr 
yuritilar ekan, o`rganilayotgan asarning ma`rifiy ahamiyatini ham e`tiborga olmoq 
maqsadga muvofiqdir. Chunki xalq og`zaki ijodida katta o`rin tutuvchi doston va 
ertaklar orqali yosh avlodga qadim zamonlarda quyosh, yer, suv, ot, tuya, yo`lbars, 
baliq, qaldirg`och, behi, chinor kabi tushunchalarning muqaddasligi uqtirilgan. 
Shuningdek, bunday asarlarda to`y, aza kabi marosimlar qanday o`tkazilishi haqida 
aniq ma`lumotlar berilgan. Natijada doston va ertaklarni tinglovchilar bir tomondan
hayot, ikkinchi tomondan, badiiy ijod namunalari orqali milliy qadriyatlarimiz ruhida 
tarbiyalanganlar. Bu esa bugungi kunda davlatimiz tomonidan alohida e`tibor 
berilayotgan umuminsoniylikni va milliylikni, mustaqillik mafkurasi asoslarini 
o`zlashtirish omili hisoblangan.
Akademik litsey talabalar yaqin kelajakda oliy o`quv yurtlariga o`qishga 
kirishlarini va ko`plari maorif xodimlari bo`lib etishishini nazarda tutsak, og`zaki ijod 
namunalarini o`rganishlari zarurligi aniq seziladi. Talabalar og`zaki ijod asarlarini 
o`qish jarayonida faqat asar mazmuniga emas, balki asar matnidagi mifik 
dunyoqarash elementlariga, rasm-rusum o`tkazish tartiblariga ham e`tibor bermoqlari 
lozimdir. 
O`zbek xalq og`zaki ijodi namunalarida ilgari surilgan ezgu g`oyalar xalq 
pedagogikasi bilan chambarchas bog`liqligi katta ahamiyat kasb etadi. Bundan 
tashqari o`zbek folklori elshunoslik (etnografiya), shevashunoslik (dialektologiya), til 
va adabiyot tarixi, madaniyatshunoslik, musiqa, adabiyot nazariyasi, tilshunoslik
tarix, arxeologiya kabi bir qator fanlar bilan ham uzviy aloqada bo`ladi.
Qadimgi davr folklori manbai bo`lmish «Avesto», «O`g`uznoma», O`rxun-

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin