66
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
Nasihatim yodingda tut, yolg`izim,
Yolg`iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot.
Biz shoirdan yozib olingan «Ravshan» dostonini o`rta
maktab adabiyot
darsliklaridan o`qib o`rganganmiz. Ayniqsa dostondagi Ravshan tomonidan Qalpoq
bozorini qidirib yurib aytilgan parcha juda xarakterlidir. Bu o`rinda shoir Sharq
bozorlarining to`kin-sochinligi va xilma-xilligini badiiy
jihatdan yuksak mahorat
bilan tasvirlab bergan. Ergash Jumanbulbul o`g`li og`ir kasallikdan so`ng 1937 yil 12
may kuni vafot etgan.
FOZIL YO`LDOSH O`G`LI (1872-1955)
Bulung`ur dostonchilik maktabining mashhur vakili Fozil Yo`ldosh o`g`li 1872
yilda Samarqand viloyatining Bulung`ur tumaniga qarashli Loyqa qishlog`ida
tavallud
topgan.
Uning
ota-bobolari
dehqonchilik,
chorvachilik
bilan
shug`ullanishgan hamda dostonlar ijro etib, xalq orasida obro`-e`tibor qozonishgan.
1877 yilda Yo`ldosh 5 yoshida otasidan yetim qoladi. Shu tufayli u 9 yoshga
to`lmasdan yollanib podachilik qiladi. Bu haqida «Kunlarim»
nomli termasida
alohida aytib o`tgan.
Fozil Yo`ldosh o`g`lidan folklorshunos olimlar 30 dan ortiq dostonlarni yozib
olganlar. Masalan, «Alpomish», «Yodgor», «Yusuf bilan Ahmad», «Malika ayyor»,
«Mashriqo», «Zulfizar», «Balogardon», «Intizor», «Nurali», «Jahongir»,
«Murodxon», «Rustamxon», «Shirin bilan Shakar», «Ra`no bilan Suxangul»,
«Zevarxon» singari mashhur dostonlar mavjud. Bular orasida «Alpomish» dostoni
juda mashhur va o`zbek xalq qahramonlik eposlari
orasida eng mukammali
hisoblanadi. Bu dostonni shoirdan 1928 yilda Hodi Zarif rahbarligida Mahmud
Zarifov yozib olgan. «Alpomish» dostonini shoir butun umri davomida kuylab
yurgan. Hamid Olimjonning ta`rifi aytagda, bu doston Fozil Yo`ldosh o`g`li
uchun
shoirlik beshigi bo`lgan.
«Alpomish» dostoni birinchi marta 1939 yilda Hamid Olimjonning salmoqli so`z
boshisi bilan bosilib chiqdi.
Doston 1952 yilda sovet tuzumi siyosatiga mos emas deb ayblandi. 1999 yilda
O`zbekiston Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan «Alpomish» dostonining 1000
yilligi keng nishonlandi. Yubiley munosabati bilan boshqa tillarga qilingan tarjimalar
va yangi nashrlar Fozil Yo`ldosh o`g`lining variantiga asoslanganligi diqqatga
sazovordir. Folklorshunos olima Ziyoda Masharipova to`g`ri ta`kidlaganidek:
«Alpomish» dostonini kuylashda hech bir baxshi Fozil shoirga tenglasha olmagan».
Fozil shoir zamonasining mashhur baxshisi Yo`ldoshbulbulning mehrini qozonadi va
67
undan doston aytish sirlarini o`rgangan. U doston aytish
bilan birga dehqonchilik,
chorvachilik bilan shug`ullanishda davom etgan. Qishlog`ida Fozil Yo`ldoshdan
epchil o`roqchi bo`lmaganligini hamqishloqlari hikoya qilib berishgan.
Yosh baxshi jismoniy mehnat qilish bilan bir qatorda ustozi Yo`ldoshbulbul va
boshqa baxshilardan 40 dan ortiq xalq dostonini o`rganadi. Fozil shoirdagi o`ta kuchli
xotira, mehnatsevarlik va talabchanlik uning mashhur baxshi bo`lib tanilishiga asos
bo`ldi. U 19 yoshida ona qishlog`iga qaytadi, baxshi sifatida nom taratadi. XX asr
boshlarida ro`y bergan tabiiy ofat natijasida «Chigirtka» termasini yaratgan. Chor
hukumatining mustamlaka yurtlardan mardikorlikka olish
haqidagi farmoniga qarshi
Jizzaxda bo`lib o`tgan qo`zg`olon haqida «Jizzax qo`zg`oloni», «Mamatkarim
polvon» nomli kichik dostonlarni yaratdi. Bu bilan shoir zamonaviy mavzularda
tarixiy dostonlar yaratishga asos soldi. Shuningdek, Fozil Yo`ldosh o`g`li
mumtoz
adabiyot namunalari asosida yaratilgan «Farhod va Shirin» singari kitobiy
dostonlarning muallifi sifatida ham ulug`lanadi. Fozil Yo`ldosh o`g`li 1955 yilda 83
yoshida o`z qishlog`ida vafot etdi. Shoir ijodini 1922 yildan boshlab G`ozi Olim
Yunusov, keyinchalik Hodi Zarif,
Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, V.M.
Jirmunskiy, Muhammadnodir Saidov, Bahodir Sarimsoqov
kabi olimlar tadqiq
etishdi. Adabiyotshunos Tojiboy G’oziboyev shoir haqida maxsus tadqiqot olib
borganva ikkita monografiya nashr ettirgan. Ularning ishlarini To`ra Mirzayev,
Shomirza Turdimovlar davom ettirmoqdalar.
Fozil Yo`ldoshdan yozib olingan «Alpomish» dostoni xalqimiz sevib o`qiydigan
kitoblardan biri bo`lib qoldi, desak mubolag`a emas.
Dostları ilə paylaş: