O`zbekiston respublikasi


MUHAMMADQUL JONMUROD O`G`LI PO`LKAN (1874-1941)



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

MUHAMMADQUL JONMUROD O`G`LI PO`LKAN (1874-1941) 
Qo`rg`on dostonchilik maktabining mashhur vakillaridan biri Muhammadqul 
Jonmurod o`g`li Po`lkan 1874 yilda Samarqand viloyatining Xatirchi tumaniga 
qarashli Qatag`on qishlog`ida tavallud topgan.
U ham yoshligida ota-onasidan etim qoladi va 10 yoshidan boshlab mehnat 
qilishga majbur bo`ladi. U dehqonchilik, podachilik bilan shug`ullangan paytda 
do`mbira chertib termalar aytishni mashq qilgan. Muhammadquldagi iste`dodni 
payqagan mashhur baxshi Ergash Jumanbulbul o`g`lining amakisi Jassoq baxshi uni 
o`ziga shogird qilib oladi va to`rt yil doston aytish yo`llarini o`rgatadi. Shoir 25 
yoshidan mustaqil baxshi sifatida faoliyat boshlaydi.
“Po’lkan hayratomuz quvvai hofiza va xotira qudratiga ega bo’lgan yirik 
dostonchi edi, - deb yozadi atoqli adabiyotshunos olim To’ra Mirzayev. Epik 
repertuarining nihoyatda kengligi, boyligi va xilma-xilligi bilan u o’zbek xalq 
dostonchiligida alohida o’rin tutadi. Odatda oddiy baxshilar 5-10 ta, eng 


68 
qobiliyatlilari esa, 30-40 tagacha asarni yoddan kuylaganlar. Po’lkan bularning 
hammasidan farq qilib, 70 dan ortiq xalq dostonini varoq bilan ijro etar edi. Uning 
repertuaridagi birgina “Qironxon” dostoni 20 ming misra she’r va qaryib shuncha 
nassrni o’z ichiga olganligini hisobga olsak, shoirning ijodiy qudrati yaqqol ko’zga 
tashlanadi”.
2
Muhammadqul Jonmurod o`g`lining xotirasi juda kuchli bo`lib, 
etmishdan ortiq xalq dostonlarini yod bilgan. O`nlab termalarni ijod qilgan. Uning 
ijodini Hodi Zarif, Buyuk Karimov, Mansur Abzalov, Oxunjon Sobirov, 
Muhammadnodir Saidov kabi olimlarimiz atroflicha o`rganganlar. Shoirdan 
«Alpomish», "Yodgor” «Yakka Ahmad», «Oysuluv», «Kuntug`mish», «Qironxon», 
«Go`ro`g`lining tug`ilishi», «Yunus pari», «Misqol pari», «Gulnor pari», “Zaydinoy”, 
«Xush keldi», «Hasanxon», «Chambil qamali», «Ravshan», «Avazxon», 
«Xoldorxon», «Elomon», «Berdiyor otaliq», «Zamonbek», «Xidirali elbegi», 
“Bo’tako’z” kabi an’anaviy, «Shayboniyxon», “Mardikor”, “Hasan batrak”, 
“Qoraqul”, “Hasan ko’l” kabi tarixiy mavzudagi dostonlar yozib olingan.
Chor Rossiyasi Turkiston o`lkasidan mardikorlikka olish haqida farmon 
chiqarganda 40 yoshga yetib qolgan Muhammadqul front orqasiga jo`natiladi. Bu 
safari natijalari o`laroq shoir «Mardikor» dostonini yaratadi. U o`zining Po`lkan 
taxallusini ham ana shu paytda tanlagan. Shoirdan yozib olingan «Go`ro`g`lining 
tug`ilishi» dostoni shu turkumdagi dostonlarning mukammali namunasi hisoblanadi. 
Dostonda Go`ro`g`lining ota-onasi, qahramonning dunyoga kelishi, yoshligi hikoya 
qilinadi. Go`ro`g`lining mashhur oti G`irotning tug`ilishi ham shu dostonda hikoya 
qilinadi. «Chambil qamali» dostonida o`zbek xalqi ayollariga xos bo`lgan yana bir 
ulug` fazilat ularning vatanparvarligi yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Ayollarni 
dushmanga qarshi kurashishi kitobxonda vatanparvarlik tuyg`ularini uyg`otadi.
Shoir ijro etgan dostonlarga xalq maqollarini ham singdirib yuboradi:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin