partiyalarga a’zolikni to‘xtatib turadi.
Milliy gvardiyaning ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun
tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari,
shuningdek harbiy xizmatchilar (xodimlar) qabul qilinadi.
Milliy gvardiyaning ta’lim muassasalarida chet ellik fuqarolar qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘qishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topilgan, xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki
jismoniy nuqsonlari bo‘lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga
ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar, shuningdek sodir etgan jinoyati uchun
qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib
tashlanganligidan yoxud amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar
muqaddam sudlangan fuqarolar Milliy gvardiya xodimi lavozimiga qabul
qilinishi mumkin emas.
Milliy gvardiya xodimi lavozimiga qabul qilingan shaxslar uchun
dastlabki sinov muddati uch oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Milliy gvardiyaga xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan Milliy gvardiya oliy harbiy
ta’lim muassasalarining harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan tinglovchilari
va kursantlari harbiy hisobdan chiqariladi hamda Milliy gvardiyaning maxsus
hisobida turadi.
Milliy gvardiyaning oliy harbiy ta’lim muassasalari tinglovchilari va
kursantlari birinchi bosqichdagi o‘quv muddatini tugallaganidan keyin
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi va ular ta’lim muassasasi
joylashgan erdagi mudofaa ishlari bo‘yicha hududiy bo‘lim tomonidan harbiy
guvohnoma beriladi.
20-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) qasamyodi Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) kirayotganda harbiy
xizmatchilar (xodimlar) quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Men (familiyasi, ismi, otasining ismi) O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasiga harbiy xizmatga (xizmatga) kirar ekanman, O‘zbekiston xalqi va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga sadoqatli bo‘lishga, Vatanga
qasamyodga, Jangovar Bayroqqa sodiq qolishga, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi talablarini, o‘z xizmat burchimni so‘zsiz hamda vijdonan
bajarishga, har qanday sharoitda xiyonat va sotqinlik qilmaslikka, o‘zimning
jangovar shayligim uchun shaxsan javobgar bo‘lishga, mardlik va fidokorlik
bilan, o‘z hayotimni ayamasdan xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga
qasamyod qilaman”.