30
Milliy gvardiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod
etiladigan Milliy gvardiya
qo‘mondoni rahbarlik qiladi. Milliy gvardiya qo‘mondoni maqomiga ko‘ra
vazirga tenglashtiriladi.
Milliy gvardiya qo‘mondonining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan
o‘rinbosarlari bo‘ladi.
14-modda. Milliy gvardiya hay’ati
Milliy gvardiyada Milliy gvardiya qo‘mondoni, uning o‘rinbosarlari,
markaziy devoni bo‘linmalarining boshliqlari va Milliy gvardiya organlarining
rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Milliy gvardiya hay’ati maslahat organi bo‘lib,
u qonun hujjatlarining,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining, Milliy gvardiya
qo‘mondoni buyruqlari va ko‘rsatmalarining ijro etilishi holatiga,
kadrlarni
tanlash, joy-joyiga qo‘yishga taalluqli masalalarni hamda Milliy gvardiya
zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi bilan bog‘liq boshqa
masalalarni ko‘rib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: