41
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol
qo‘llanilishidan avval ularni qo‘llash niyati to‘g‘risida aniq ifodalangan
ogohlantirish bo‘lishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni
bo‘lmagan yoki ularning qo‘llanilishidagi sustkashlik fuqarolarning, Milliy
gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti hamda sog‘lig‘iga
bevosita xavf soladigan va boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin
bo‘lgan hollar mustasno.
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) maxsus tayyorgarlikdan,
shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol
qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga
kasbiy yaroqliligini
aniqlash uchun davriy tekshiruvdan o‘tishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan
o‘tgan harbiy xizmatchiga (xodimga) tegishli sertifikat beriladi.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi
bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash bo‘yicha
tekshiruvdan o‘ta olmagan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) egallab
turgan lavozimga loyiqligini aniqlash uchun attestatsiyadan o‘tadi.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol
qo‘llanilishi
yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining
xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda Milliy
gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) har qanday zararning imkon qadar kam
bo‘lishiga intilishi shart.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi), agar yuzaga kelgan
vaziyatda maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash
uchun mazkur
moddada hamda ushbu Qonunning 30 va 31-moddalarida nazarda tutilgan
asoslar yuzaga kelishi mumkin deb hisoblasa, ularni qo‘llash uchun tayyorlash
va jangovar holatga keltirish huquqiga ega.
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol
qo‘llanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga
shoshilinch tibbiy
yordam ko‘rsatilishi yoki tashkil etilishi kerak va bu haqda ularning
qarindoshlari yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilinishi kerak.
Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilgan
har bir holat to‘g‘risida Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi)
bevosita komandiriga (boshlig‘iga) darhol axborot berishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi
natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-
mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek o‘qotar qurol
qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida Milliy gvardiya tegishli prokurorga darhol
xabar beradi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining)
jismoniy kuch
ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida o‘z vakolatlari
doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni
qo‘llash qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda amalga oshirilgan
bo‘lsa, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) jismoniy kuch ishlatish,
maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida
jismoniy va yuridik
shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
42
Agar Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) tomonidan
jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilganligi
natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u xaloq bo‘lsa, Milliy
gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) hodisa joyini o‘zgarishsiz saqlash
bo‘yicha choralarni ko‘rishi shart.
Dostları ilə paylaş: