Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. O‘qotar qurolni qo‘llash



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
O

31-modda. O‘qotar qurolni qo‘llash 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) quyidagi hollarda 
o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega: 
hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan, zo‘rlik ishlatish bilan qilingan 
hujumdan fuqarolarni yoxud o‘zini himoya qilishda; 
garovdagilarni ozod qilishda; 
o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etish chog‘ida ko‘rib qolingan va yashirinishga 
urinayotgan shaxsni ushlashda, agar boshqa vositalar bilan bu shaxsni 
ushlash imkoni bo‘lmasa; 
o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni, transport 
vositasini, maxsus va jangovar texnikani egallab olishga bo‘lgan urinishlarga 
chek qo‘yishda; 
fuqarolarning uy-joylariga, qo‘riqlanadigan obyektlarga va shaxslarga 
guruh bo‘lib qilingan hujumni yoki qurolli hujumni qaytarishda; 
qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan shaxsni, shuningdek o‘zidagi qurolni, 
o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli yoki 
radioaktiv moddalarni topshirish to‘g‘risidagi qonuniy talabni bajarishni rad 
etayotgan shaxsni ushlashda; 
qurolni qo‘llash niyati haqida ogohlantirish zarurati tug‘ilganda, 
shuningdek yuqoriga qarata yoki boshqa xavfsiz yo‘nalishda o‘q otish orqali 
xavf-xatar signalini berishda yoki yordam chaqirishda. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) o‘qotar qurolni 
qo‘llashdan oldin ogohlantirishi shart, bundan uning hayotiga yoki 
fuqarolarning hayotiga bevosita xavf tahdid solayotgan hollar mustasno. 
Ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq 
ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘qotar 


45 
qurolni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, qurolli 
qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya harbiy 
xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, 
guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno. 
Agar o‘qotar qurol qo‘llanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi 
mumkin bo‘lsa, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) ko‘p 
fuqarolar to‘planganda uni qo‘llash huquqiga ega emas, bundan terrorchilik 
harakatining oldini olish, garovdagilarni ozod qilish, qurolli hujumni qaytarish 
hollari mustasno. 
Milliy gvardiya qurollantiriladigan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilari 
turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tasdiqlanadi. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin