40
jinoyatlar faktlari bo‘yicha jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishi, ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishi;
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish va ularni
fosh etish, shuningdek ularga tayyorgarlik ko‘rishga hamda ularni sodir
etishga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash va topish choralarini ko‘rishi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini
amalga oshirishi, ularning sodir
etilishi sabablarini va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi hamda
ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishi;
o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni, chet davlatlarning diplomatik
vakolatxonalarini, konsullik muassasalarini hamda boshqa vakolatxonalarini,
xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini,
shuningdek Milliy gvardiya
qo‘riqlashi lozim bo‘lgan boshqa obyektlarni qo‘riqlashni amalga oshirishi;
xizmatga doir axborotning, shuningdek
xizmat majburiyatlarini
bajarishi chog‘ida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning maxfiyligini va
saqlanishini ta’minlashi;
qo‘riqlash faoliyati, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini
ta’minlash sohasida ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy
ishlarni amalga
oshirishi;
ma’lumot-axborot fondlarini shakllantirishi, hisob-axborot tizimini
yaratishi, hisobni, davlat statistika hisobotini va boshqa statistika hisobotini
yuritishi;
qo‘riqlanayotgan shaxslarning harakatlanish yo‘nalishlarida va bo‘lish
joylarida huquqbuzarliklarning oldini olishi hamda ularga chek qo‘yishi;
terrorchilikka qarshi va boshqa maxsus tezkor-jangovar
operatsiyalar
o‘tkaziladigan obyekt bo‘sag‘alarida ruxsatsiz kirishlarga chek qo‘yishi,
nazorat-o‘tkazish rejimini o‘rnatishi;
Milliy gvardiya organlarida maxfiylik rejimi ta’minlanishi ustidan
nazoratni tashkil etishi shart.
Milliy gvardiyaning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: