43
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir
etgan shaxslarni aniqlashda;
muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, g‘ayrihuquqiy xatti-
harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib
qo‘yishda qo‘llash huquqiga ega.
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) quyidagi maxsus
vositalarni:
a) rezina tayoqlarni, shikastlantiruvchi qurolni, qo‘lkishanlarni yoki
boshqa bog‘lash vositalarini, elektroshok qurilmalarini, ta’sirlantirish
xususiyatiga ega bo‘lgan
vositalarni, xizmat hayvonlarini quyidagi hollarda:
fuqaroga yoki Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga)
qilingan hujumni qaytarishda;
jinoyatga barham berishda;
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) qarshilik
ko‘rsatilishiga barham berishda;
jinoyatni sodir etishi chog‘ida ko‘rib qolingan yoki uni sodir etganidan
keyin darhol yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda;
zo‘rlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni,
xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod
qilishda;
muhofaza qilinadigan obyektlarni va shaxslarni himoya qilishda;
g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining
harakatlanishini to‘sishda;
b) maxsus bo‘yovchi va
markirovka qiluvchi vositalar, muhofaza
qilinadigan obyektlarni (hududlarni) va shaxslarni himoya qilish,
g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining
harakatlanishini to‘sish vositalarini quyidagi hollarda:
muhofaza qilinadigan obyektlarni va shaxslarni himoya qilishda;
g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining
harakatlanishini to‘sishda;
v) chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalarini quyidagi
hollarda:
zo‘rlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni,
xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod
qilishda;
muhofaza qilinadigan obyektlarni va shaxslarni himoya qilishda;
g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining
harakatlanishini to‘sishda;
g) zirhli mashinalar, maxsus mashinalar, suv bilan zarba beruvchi
mashinalar va katerlarni quyidagi hollarda:
qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda;
zo‘rlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni,
xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod
qilishda;
44
davlat hokimiyati va huquq-tartibot organlari vakillariga nisbatan kuch
ishlatish bilan bog‘liq ommaviy tartibsizliklarga
hamda ruxsat etilmagan
mitinglarga chek qo‘yishda qo‘llash huquqiga ega.
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) ushbu Qonunda
o‘qotar qurolni qo‘llash ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni
qo‘llash huquqiga ega.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari
ko‘rinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum
bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni, shu jumladan
shikastlantiruvchi qurolni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli
qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya harbiy
xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib,
guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno.
Odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy
a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi,
bundan odam qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy
gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sog‘lig‘iga
haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno.
Milliy gvardiya ta’minotida turgan maxsus vositalarning ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: