Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini)



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
O

34-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) 
ijtimoiy himoya qilish 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) ijtimoiy himoya 
qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi: 
sog‘lig‘ini saqlash; 
pul ta’minotini to‘lash; 
uy-joy maydoni bilan ta’minlash; 
mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash; 
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida transport vositalaridan 
imtiyozli foydalanish; 
davlat pensiya ta’minoti; 
davlat sug‘urtasi; 
ijtimoiy yordam ko‘rsatish. 
Qonun hujjatlarida Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini 
(xodimlarini) ijtimoiy himoya qilishning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda 
tutilishi mumkin. 
35-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) 
sog‘lig‘ini saqlash 
Oldingi tahrirga qarang. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga, katta ofitserlar tarkibining 
oila a’zolariga (eri, xotini, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar nogironligi 
bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan o‘n sakkiz yoshdan oshgan farzandlari, ta’lim 
muassasalarida ta’limning kunduzgi shaklida tahsil olayotgan yigirma uch 
yoshgacha bo‘lgan farzandlari), harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va 
tinglovchilariga Milliy gvardiyaning hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalari tomonidan bepul tibbiy 
ta’minot beriladi. 
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-
maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) 
Milliy gvardiya xodimlariga va ularning oila a’zolariga O‘zbekiston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida 
qonun hujjatlarida ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda 
bepul tibbiy ta’minot beriladi. 
Milliy gvardiya pensionerlariga (kontrakt bo‘yicha sobiq harbiy 
xizmatchilar, generallar va xodimlar) hamda ularning oila a’zolariga bepul 
tibbiy ta’minot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi. 


47 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari), pensionerlari bir 
yilda bir marta imtiyozli shartlarda sanatoriy-kurort sharoitida davolanish 
huquqiga ega. 
Milliy 
gvardiya 
harbiy 
xizmatchilarining 
(xodimlarining), 
pensionerlarining va ular oila a’zolarining sog‘lig‘ini saqlash hamda 
mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
dori vositalari, tibbiy buyumlar va asbob-uskunalar O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan olinadi. 
Zarur bo‘lgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali 
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Alohida hollarda, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini 
(xodimlarini) tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha tibbiy yordam olish uchun 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish O‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga 
oshiriladi. 
Xodimlarni tibbiy tekshiruvdan va harbiy-tibbiy ekspertizadan 
o‘tkazish, harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) tibbiy-sanitariya hamda 
sanatoriy-kurort ta’minotini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin