Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) mol-



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
O

38-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) mol-
mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin 
qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli 
yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti 
mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik 
aybdor shaxslardan undirib olinadi. 
39-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) 
davlat pensiya ta’minoti 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari), boquvchisini 
yo‘qotgan taqdirda esa ularning oila a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish huquqiga ega. 
40-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) 
davlat sug‘urtasi 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan 
boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi. 
41-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) 
va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish 
Milliy gvardiyaning jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etgan 
harbiy xizmatchilariga (xodimlariga), shuningdek jangovar harakatlar 
chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga 
nisbatan tegishincha urush qatnashchilari va ularning oila a’zolari uchun 
belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi. 
Milliy gvardiya qo‘mondoni xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida 
tan jarohatlari olgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga), 
shuningdek halok bo‘lganlarning oilalariga O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda bir martalik 
nafaqalar tayinlashga haqli. 


49 
Qonun hujjatlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok 
bo‘lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) farzandlariga 
ularni Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilishda hamda 
O‘zbekiston Respublikasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga 
o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar berilishi mumkin. 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin