47-modda. Milliy gvardiyaning ramzlari Milliy gvardiya bayroqqa, emblemaga, vimpelga va boshqa ramzlarga
ega bo‘lishi mumkin.
Milliy gvardiyaning ramzlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlanadi.
48-modda. Xalqaro hamkorlik Milliy gvardiya chet davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari
va boshqa tashkilotlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamda
harbiy-texnik hamkorlikni amalga oshiradi, belgilangan tartibda xalqaro
shartnomalar tuzadi va o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi
xalqaro shartnomalarining bajarilishini ta’minlaydi.
49-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) javobgarligi Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) qonunga xilof
harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim
darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonunga xilof
harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga
yetkazilgan zararning o‘rni Milliy gvardiya tomonidan Milliy gvardiyaning
budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanishi lozim bo‘lib,
ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi xizmat intizomini buzganligi
uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy
ustavlariga muvofiq, Milliy gvardiya xodimi — Intizom ustavida belgilangan
tartibda javobgar bo‘ladi.
50-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar
bo‘ladi.
51-modda. Milliy gvardiyaning faoliyatida qonunlarga rioya etilishi