50
tayinlash uchun Milliy gvardiyadagi harbiy xizmat (xizmat) stajiga qo‘shib
hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan harbiy xizmatchilar
(xodimlar) harbiy xizmatdan (xizmatdan) bo‘shatilganda,
shuningdek
ularning oila a’zolari Milliy gvardiyadan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar
(xodimlar) bilan teng ravishda huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan
foydalanadi.
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda Milliy gvardiya qo‘mondonining buyruqlari bilan tegishli
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishilgan holda O‘zbekiston
Respublikasi
Qurolli Kuchlariga, Davlat xavfsizlik xizmatining, Favqulodda
vaziyatlar vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining qo‘shinlari va
organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan tashkil
etiladigan harbiylashtirilgan
tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar
organlariga o‘tkazilishi hamda ular Milliy gvardiyadagi haqiqiy harbiy
xizmatga shaxsiy tartibda tayinlanganligi munosabati bilan yoki bundan
buyon xizmatni o‘tash uchun qaytarib olinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: