Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
181
Asvad", dedi. Men: "Bu odam kim?" - deb so'radim. "Bu Abdulloh ibn Amr ibn Oss", deb
javob berishdi. Men undan: "Ey,
Abu Fu-lon, Dajjol qaerdan chiqadi?" - deb so'radim. U:
"Men sening xalqingdek uzoqdagi narsani ko'rib, burun-ning tagidagini ko'rmagan bir
xalqni bilmayman", deb, orqasidan "(Dajjol) daraxtlari va xurmozorlari bor Iroq
yerlaridan chiqadi", dedi.
1194. Abul-Oliya aytdilar: "Ibn Abbos (r.a.) bilan so'rida o'tirdik".
1195. Abu Jumra dedilar: "Men Ibn Abbos (r.a.) bilan birga o'tirgan edim. U meni o'zi
o'tiradigan kursiga o'tqazgan edi. "Men ham sening kursingda ikki oy o'tirgan edim",
dedi u menga.
1196. Xolid ibn Dinor aytdilar: "Anas ibn Mo-lik (r.a.) Basra amiri Hakam bilan so'rida
o'tirib, shunday deganlarini eshitdim: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) issiq paytlari namozni
kech o'qir, sovuq pay-tlarida esa erta o'qirdilar".
1197. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.)ning uylariga kirdim,
Ul zot
to'qilgan bir karavot ustida edilar. Boshlari ostida esa, xurmo po'stlog'i bilan to'ldirilgan
yostiq bor edi. Karavot bilan badanlari orasida birgina kuylaklari bor edi xolos. Hz. Umar
(r.a.) u yerga kirib yig'ladilar. Rasu-lulloh (s.a.v.): "Nega yig'layapsan, ey Umar?" - deb
so'radilar. Umar (r.a.): "Nega yig'lamayin, yo Rasulalloh,
Xudo haqi, siz Allohga Qaysaru
Kisrolardan hurmatliroq bo'lganingiz holda, ular dunyo huzur-halovotlari ichra
yashamoqdalar. Siz esa ko'rib turganim-day hayot kechirmoqtsasiz", dedilar. Shunda
Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Umar, sen bu dunyo ularniki, oxirat bizniki bo'lishini
istamaysanmi?" - dedilar. Umar (r.a.): "Albatta istayman, ey, Allohning Rasuli" - dedi. Ul
zot: "Shuning uchun shunday" - dedilar.
1198. Abu Rifoa Adaviy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) oldilariga yetib keldim.
Ul zot xut-ba o'qiyotgan edilar. Men: "Ey,
Allohning Rasuli, di-nini bilmaydigan bir g'arib
odam dini haqida savol so'ragani keldi", dedim. Ul zot xutbalarini qo'yib, menga
yaqinlashib keldilar. Bir kursi olib keldi-lar, oyoqlari temirdan bo'lsa kerak, deb uyladim.
Uning ^stiga o'tirdilar. So'ng Alloh ul zotga bildirgan narsalarni menga o'rgata
boshladilar. Keyin xutbalarini oxirigacha yetkazdilar.
1199. Muso ibn Dihqon aytdilar: "Ibn Umar (r.a.)ni kuyov bo'lib so'ri ustida o'tirganlarini
ko'rdim, egnilarida qizil libos bor edi".
1200. Imron ibn Muslim dedilar: "Anas (r.a.)ning bir kursida o'tirganlarini ko'rdim. Bir
oyog'ini eti-gining ustiga qo'yib olgan edi".
Dostları ilə paylaş: