Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
Ibn Abbos bilan al-Harr ibn Qays Muso alayhissalom bilan uchrashgan kishiga (ya’ni,
Xizrga) qiziqib qoldilar. Ibi Abbos: «Xizr bilan uchrashganlar»,— dedi.
Shu payt ularning
yonidan Ubay Ibn Ka’b o‘tib qoldi. Ibn Abbos uni chaqirib: «Biz Harr bilan ikkimiz Muso
alayhissalomga yo‘liqqan kishi to‘g‘risida tortishib qoldik. Rasululloh sollallohu alayhi va
sallamdan shu to‘g‘rida eshitganmisiz?» — dedi. «Ha,
eshitganman,— dedi Ubay,— Muso
alayhissalom Baniy Isroil qavmlaridan bir to‘dasining ichida turgan ekanlar,
bir kishi
kelib: «O’zingizdan olimroq biror kishi borligini bilasizmi?»,— deb so‘rabdi. Muso
alayhissalom: «Yo‘q» deb javob berdilar. Alloh taolo Musoga: «Ha, Xizr degan bandam
bor»,— deb vahiy qildi. Muso alayhissalom Xizr bilan uchrashmoq yo‘lini so‘radilar. Alloh
taolo hut uchrashuv alomati bo‘lajagiii bildirdi. «Hut ko‘zingdan g‘oyib bo‘lgach,
orqangga qayt, Xizr bilan uchrashgaysan»,—deyildi. Muso alayhissalom dengiz bo‘ylab
hut ortidan keta bashladilar. Bir vaqt Muso alayhissalomga g‘ulomlari: «Qoyatosh
oldiga
borib to‘xtaganimizda, meni shayton adashtirib, hutni yo‘qotdim»,— dedi. Muso
alayhissalom: «Bizga xuddi shu kerak edi»,— dedilar. Xizrni izlab orqaga,
qoyatosh
tomonga qarab yurdilar. U yerda Xizrni topdilar va Qur’oni Karimda Alloh aytib bergan
Muso va Xizr voqeasi sodir bo‘ldi».
Dostları ilə paylaş: