Rivojlanish falsafasi reja



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Rivojlanish falsafasi reja

Imkoniyat va voqelik - olamdagi narsa, hodisa va x.k.lar taraqqiyotining 
davomiyligini, 
ularning 
bir-biriga 
o‘tib turishini anglatadigan falsafiy 
kategoriyalar. O‘zgarish, rivojlanish va hodisalarning vujudga kelishi, namoyon 
bo‘lishi jarayonidagi o‘zaro bog‘liqlikni taraqqiyot va rivojlanish deganda biz 
asosiy va muhim xususiyati bo‘lgan olamdagi o‘zgarishni, yangilanishni, bir 
shakldagi narsalarning ikkinchisi bilan almashinishini, quyi organizmlarning, jism 
va oddiy hodisalarning murakkabroq shakl va mazmundagilarga aylanish 
jarayonini tushunamiz. Tabiiyki, bu jarayonlar o‘z – o‘zicha, mexanik tarzda sodir 
bo‘la bermaydi, balki muayyan zaruriyat, qonuniyat asosida ro‘yobga chiqadi. 
Imkoniyat yangi narsa, hodisa va tamoyillar kelib chiqishini ifodalovchi 
muayyan shart – sharoit va vaziyat majmuidir. Narsa hamda hodisaning ichki 
tabiatiga ko‘ra zaruriy ravishda reallashishi lozim bo‘lgan, biroq hali Yuzaga 
chiqmagan voqelikdir. 
Voqelik esa imkoniyatning nisbatdoshi bo‘lib, real holat va mavjud bo‘lib 
turgan hodisalarni ifodalaydigan kategoriyadir. Voqelik tushunchasi o‘z 
mazmuniga ko‘ra, fan va falsafada ikki ma’noni anglatadi: birinchidan, olamdagi 
barcha mavjud narsalar reallikdan iborat, ikkinchidan esa ayrim narsa yoki 


hodisalarning ro‘yobga chiqishini anglatuvchi imkoniyatning Yuzaga 
chiqmaganligi ma’nosini anglatadi. Ikkinchi ma’nodagi voqelik umumiy olamning 
bir bo‘lagi sifatida konkret narsa va hodisalar tarzida namoyon bo‘lishi bilan birga 
inson ongidagi ifodasi hamdir. Demak, voqelik olam qonunlarining zaruriyat 
asosida ro‘yobga chiqqan imkoniyatni, mavjud bo‘lib turgan narsa va hodisalarni 
bildiradi. 
Mazmun va shakl - olamdagi turli narsa, hodisa va jarayonlarning 
dialektikasini o‘rganishda, ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni bilishda 
muhim o‘rin tutadigan kategoriyalar. Mazmun muayyan narsa, hodisa, 
jarayonlarning o‘ziga xos sifati, xususiyatlari, muhim belgilari, elementlarning 
yig‘indisini anglatsa, SHakl mazmunning mavjudlik usuli, narsa va hodisalarning 
ichki hamda tashqi tuzilishini ifoda etadi. Masalan, narsa va jismning mazmuni 
moddiyligida va harakatda ekanligidadir. Xuddi shunday, atomning mazmuni 
uning tarkibidagi 30dan ortiq manfiy, musbat va nol zaryadli elementar zarralar
ularning rezonanslari, elektron maydon kabilarning shunchaki mexanik 
birligidangina iborat emas. Ayni paytda, ularning harakati muayyan maydonlar 
orqali bir – biriga ta’sir va aks ta’sir ko‘rsatishini ham bildiradi. Atomning shakl 
uning tarkibiga kiruvchi elementar zarralarning joylanish tartibi, zarralar va 
maydon orasidagi munosabat asosida Yuzaga keluvchi aloqalar, bog‘lanishning 
xususiyati bilan belgilanadi. SHuningdek, har qanday badiiy asarning mazmuni 
unda aks ettirilgan voqea orqali g‘oya va obrazlar tizimini bildirsa, shakli shu 
asarning tuzilishi, tili, hamda hikoya, roman va shu kabilar tarzida ifodalanadi. 
Faylasuflardan ayrimlari shakl va mazmunning mavjudligini inkor etsalar, 
boshqalari shakl va mazmunning o‘zaro birligini anglamaganlar. Jumladan, 
Aristotel marmardan xaykal yo‘nayotgan haykaltaroshni kuzatar ekan, shakl 
mazmundan bo‘lak va mustaqil mavjud bo‘ladi, unga mazmun tashqaridan 
kiritiladi, shu tufayli marmar jonlanadi, degan xulosaga keldi. I.Kant esa mazmun 
va shaklni faqat inson aqli, tafakkurining mahsuli, natijasi deb tushundi. Gegel 
mazmun va shakl dialektikasini tan olgan bo‘lsa ham, lekin mazmun ham, shakl 
ham mutlaq g‘oya rivojlanishining bosqichlari, turli ko‘rinishlardagi ifodasidir
degan fikr Yuritgan. Hozirgi zamon falsafasi vakillaridan biri, fizik olim E. 
SHredingerning fikricha, voqelikda narsalardan mustaqil shakllargina mavjud, 
jumladan, «elementar» zarralarning moddiylikka aloqasi yo‘q, ular har 
qachongiday, sof shakl olamda shakldan bo‘lak hech nima bo‘lishi mumkin emas. 

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin