Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com кутубхонаси
23
MELISS (Miloddan avvalgi V asr o‘rtalari)
Qadimgi yunon faylasufi Meliss Janubiy Italiyaning Eleya shahrida tug‘ilib o‘sgan. Faylasuf Parmenid qo‘lida tahsil olgan. U: «Narsalarning cheksiz darajada ko‘pligi bir butunlik demakdir», degan g‘oyani isbotlashga uringan. Melissning «Tabiat haqida» asari bizgacha yetib kelmagan. Bu asar undan keyin yashagan mualliflar asarlarida keltirilgan ayrim parchalar orqali ma’lum, xolos. * * *
Meliss shunday ta’lim beradi: «Ibtidosi va intihosi mavjud narsalar hech qachon mangu va hadsiz
bo‘lolmaydi...»
* * *
Suv, yer, olov va havo deb atalmish to‘rt unsurning zamirida paydo qilib ham, yo‘qotib ham
bo‘lmaydigan bir umumiy mohiyat borkim, uni mushtaraklik deb atamoq joizdir.
BO’SHLIQ YO’Q EKANLIGIGA ISBOT
Bo‘shliq umuman yo‘q narsa. Chunki bo‘shliq hech narsadir. Hech narsa esa mavjud bo‘lolmaydi.
BORLIQ MANGU EKANLIGIGA ISBOT
Agar borliqni paydo bo‘lgan deb hisoblasak, unda u paydo bo‘lguniga qadar umuman mavjud
bo‘lmagan. U mavjud bo‘lmagan ekan, demak, hech narsa bo‘lmagan. Hech narsadan borliqning
paydo bo‘lishi mumkin emas.
BORLIQ CHEKSIZ EKANLIGINING ISBOTI
Agar borliq cheksiz bo‘lmaganda, u o‘zidan farqli nima bilandir chegaradosh bo‘lardi. Borliqdan farq
qiluvchi narsa nima bo‘lishi mumkin? U yo‘qlik, ya’ni bo‘shliqdir. Bo‘shliq esa yo‘qdir.
HARAKAT YO’Q EKANLIGIGA ISBOT
Agar bo‘shliq mavjud emas ekan, demak, harakat ham yo‘q. Chunki borliqning o‘zi hamma yoqni
to‘ldirgan, u hech qaerga surilmaydi. Bas, shunday ekan, borliq uchun harakat qilishga ehtiyoj
qolmaydi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
24