L.S. Berg
(1876-1950)
Nihoyat, akademik I.I.Shmalgauzen (1884-1963) va shogirdi akademik
A.N.Severtsovning (1866-1936) qiyosiy anatomiya va fiziologiya sohasidagi
ishlarini keltirib o`tish lozim. Ularning umumbiologik g’oyalari hozirgi vaqtda
ham keng ko`lamdagi ilmiy tadqiqot ishlarda rivojlantirilmoqda.
O`zbekistonning turli mintaqalarida tarqalgan umurtqali hayvonlar
to`g’risidagi ilk ma`lumotlar miloddan avvalgi ming yillikning birinchi yarmida
yaratilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da uchraydi. «Avesto»
O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekistonda boshqa tarmoqlar qatori chorvachilik,
tibbiyot va boshqa sohalardagi faoliyatini, tabiiy hodisalarni tasvirlovchi qadimgi
muqaddas kitob hisoblanadi. U miloddan avvalgi 3000 yilning oxiri 2000 yilning
boshlarida yaratilgan. Unda O`rta Osiyo va qo`shni mamlakatlarning tabiiy
L.N. Formozov
(1899-1973)
resurslari, hayvonot va o`simliklar dunyosi haqida qimmatli ma`lumotlar
keltirilgan.
Miloddan keyin Yevropada xristian dinining vujudga kelishi bilan tabiiy
fanlar inqirozga uchragan bir davrda, O`rta Osiyoda u anchagina rivojlangan. O`rta
Osiyo olimlari tabiiyot fanlari va ayniqsa, zoologiyaning rivojlanishiga juda katta
hissa qo`shganlar. Chunonchi, Abu Nasr Forobiy (873–950) zoologiya va boshqa
tabiiy fanlar to`g’risida fikr yuritgan. U hayvonlarni fikrlovchi va fikrlamaydigan
guruhlarga bo`ladi. Olim «Inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan.
Shu sababli odamda hayvonlar bilan ba`zi bir o`xshashliklar saqlanib qolgan», -
deydi.
XI asrda sharqning buyuk mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy (973-1043)
o`zining tibbiyot sohasidagi asarlarida 101 tur umurtqali hayvonlar va ulardan
tayyorlanadigan dori-darmonlar to`g’risida yozib qoldirgan. Olim o`zining
«Hindiston» (1030) asarida karkidon, fil, kiyik, del’fin kabi Hindistonda
uchraydigan hayvonlar to`g’risida qiziqarli ma`lumotlar keltiradi. Ayniqsa,
delfinlarning
tuzilishi,
ularning
tovush
orqali
o`zaro
munosabatlari,
karkidonlarning tuzilishi va tarqalishi to`g’risidagi ma`lumotlari katta e`tiborga
loyiqdir.
Hayvonot dunyosi, shu jumladan, umurtqali hayvonlar to`g’risidagi ilmiy
ma`lumotlar Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) shoh asari
«Boburnoma»da ham keltirilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat
arbobi, shoir va tadbirkor podsho bo`libgina qolmay, balki o`z davrining o`ta
ma`lumotli, bilimdon olimi ham bo`lgan. Bobur O`rta Osiyo, Afg’oniston va
Hindistonning geografik joylashuvi, o`simliklar va hayvonot dunyosiga juda
qiziqqan hamda boy va qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. U Farg’ona vodiysida
ohu, kiyik, arxar, tovushqon, qirg’ovul va boshqa ko`plab sutemizuvchilar hamda
qushlarning tarqalganligini ko`rsatib o`tgan. Samarqand atrofida Buxoro kiyigi,
tog’ echkisi, ohu, kaklik ko`pligini, Toshkent atrofida esa qirg’ovullarning
ko`pligini ta`kidlagan. Afg’onistonda oq kiyik, qulon, o`rdak, turna, qarqara,
qo`ton kabi hayvonlarning uchrashligi to`g’risida ham ma`lumotlar keltirgan.
Boburnoma asarida Bobur o`zi hukmronlik qilgan Hindistonda 60 dan ortiq
umurtqali hayvonlar to`g’risida qiziqarli ma`lumotlarni yozib qoldirgan. U
Hindistondagi ko`pgina umurtqali hayvonlarning endemik ekanligini ta`kidlagan.
Bobur Hindistonda uchraydigan hayvonlardan, ayniqsa, to`ti, tovuq, laylak, o`rdak,
fil, maymun, delfin, timsoh, kiyik va boshqa hayvonlarning tashqi qiyofasini,
hayot kechirish tarzini to`liq tasvirlagan. Bobur hayvonlarni yashash muhitining
xususiyatlariga ko`ra ularni 4 ta guruhga, ya`ni quruqlik hayvonlari, parrandalar,
suv va suv yaqinida yashaydigan qushlar hamda suv hayvonlari guruhlariga
ajratgan.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, hozirgi O`rta
Osiyoda, shu jumladan, O`zbekistonda hayvonot dunyosini o`rganishga uzoq davr
mobaynida juda kam e`tibor berilgan.
O`rta Osiyo, xususan, O`zbekiston hududida umurtqali hayvonlarni
o`rganish sohasidagi ayrim ma`lumotlar XIX asrning birinchi yarmida paydo
bo`lgan. XIX asrning ikkinchi yarmida E.A.Eversman, N.A.Severtsov,
A.P.Fedchenko va A.S.Berg kabi olimlarning Respublikamizda umurtqali
hayvonlarni o`rganish bo`yicha hissalari katta. 1820 yilda rus olimi E.A.Eversman
zoolog sifatida birinchi bo`lib Qizilqumda tarqalgan umurtqali hayvonlar
to`g’risida ma`lumotlar to`plagan. Rus olimi N.A.Severtsov o`z sayohatlarida Orol
dengizi, Ustyurt, Qizilqum, Sirdaryo, Pomir va Tyanshan tog’lari umurtqali
hayvonlarini o`rgangan va u O`rta Osiyoda 20 yil davomida olib borgan tadqiqot
ishlari natijasini chuqur tahlil qilib, 1872 yilda «Turkiston hayvonlarining vertikal
va gorizontal tarqalishi» nomli kitobini yozgan. N.M.Prjevalskiy 1870 yildan 1888
yilgacha Markaziy Osiyo bo`ylab (Mo`g’uliston, Tibet, Xitoy va Turkiston) to`rt
marta sayohat qilgan va ikki o`rkachli tuya hamda Prjevalskiy oti turlarini
aniqlagan. 1884 yilda O`rta Osiyoga tabiatshunos olim N.A.Zarudniy keladi va
Kaspiyorti o`lkalari bo`ylab 5 marta maxsus ekspeditsiyalar uyushtiradi hamda 200
ga yaqin qushlar turini o`rganadi.
1918 yil 21 aprelda Turkiston xalq universiteti, uning tarkibida Munavvar
Qori Abdurashidxonov tashabbusi bilan 1918 yil 12 mayda Musulmon xalq
dorilfununi tashkil etiladi (bu sana hozirgi O`zbekiston milliy universitetining
tashkil etilgan sanasi hisoblanadi). Turkiston xalq universiteti 1920 yildan
Turkiston davlat universiteti deb nomlangan.
1920 yilda Toshkentda Turkiston davlat universiteti ochilishi munosabati
bilan Toshkentga prof. D.N.Kashkarov keladi. D.N.Kashkarov (1878-1941) O`rta
Osiyoda, shu jumladan, O`zbekistonda ekologik tadqiqotlarni boshlab bergan
olimlardan biri hisoblanadi. D.N.Kashkarov rahbarligida O`rta Osiyoning
umurtqali hayvonlari faunasi va ekologiyasini V.A.Selavin (sutemizuvchilar va
qushlar),
I.I.Kolesnikov
(kemiruvchilar),
R.N.Meklenburtsev
(qushlar),
G.P.Bulgakov (baliqlar) va T.Z.Zohidov (sudralib yuruvchilar)lar o`rganadilar.
|