Xordalilar hayvonot dunyosi sistematikasida yakunlovchi tip ekanligi; umurtqali



Yüklə 428,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix07.11.2022
ölçüsü428,77 Kb.
#67675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Maruza (2)

L.S. Berg 
(1876-1950) 
Nihoyat, akademik I.I.Shmalgauzen (1884-1963) va shogirdi akademik 
A.N.Severtsovning (1866-1936) qiyosiy anatomiya va fiziologiya sohasidagi 
ishlarini keltirib o`tish lozim. Ularning umumbiologik g’oyalari hozirgi vaqtda 
ham keng ko`lamdagi ilmiy tadqiqot ishlarda rivojlantirilmoqda. 
O`zbekistonning turli mintaqalarida tarqalgan umurtqali hayvonlar 
to`g’risidagi ilk ma`lumotlar miloddan avvalgi ming yillikning birinchi yarmida 
yaratilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da uchraydi. «Avesto» 
O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekistonda boshqa tarmoqlar qatori chorvachilik
tibbiyot va boshqa sohalardagi faoliyatini, tabiiy hodisalarni tasvirlovchi qadimgi 
muqaddas kitob hisoblanadi. U miloddan avvalgi 3000 yilning oxiri 2000 yilning 
boshlarida yaratilgan. Unda O`rta Osiyo va qo`shni mamlakatlarning tabiiy 
L.N. Formozov 
(1899-1973) 


resurslari, hayvonot va o`simliklar dunyosi haqida qimmatli ma`lumotlar 
keltirilgan. 
Miloddan keyin Yevropada xristian dinining vujudga kelishi bilan tabiiy 
fanlar inqirozga uchragan bir davrda, O`rta Osiyoda u anchagina rivojlangan. O`rta 
Osiyo olimlari tabiiyot fanlari va ayniqsa, zoologiyaning rivojlanishiga juda katta 
hissa qo`shganlar. Chunonchi, Abu Nasr Forobiy (873–950) zoologiya va boshqa 
tabiiy fanlar to`g’risida fikr yuritgan. U hayvonlarni fikrlovchi va fikrlamaydigan 
guruhlarga bo`ladi. Olim «Inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan. 
Shu sababli odamda hayvonlar bilan ba`zi bir o`xshashliklar saqlanib qolgan», - 
deydi. 
XI asrda sharqning buyuk mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy (973-1043) 
o`zining tibbiyot sohasidagi asarlarida 101 tur umurtqali hayvonlar va ulardan 
tayyorlanadigan dori-darmonlar to`g’risida yozib qoldirgan. Olim o`zining 
«Hindiston» (1030) asarida karkidon, fil, kiyik, del’fin kabi Hindistonda 
uchraydigan hayvonlar to`g’risida qiziqarli ma`lumotlar keltiradi. Ayniqsa, 
delfinlarning 
tuzilishi, 
ularning 
tovush 
orqali 
o`zaro 
munosabatlari, 
karkidonlarning tuzilishi va tarqalishi to`g’risidagi ma`lumotlari katta e`tiborga 
loyiqdir. 
Hayvonot dunyosi, shu jumladan, umurtqali hayvonlar to`g’risidagi ilmiy 
ma`lumotlar Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) shoh asari 
«Boburnoma»da ham keltirilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat 
arbobi, shoir va tadbirkor podsho bo`libgina qolmay, balki o`z davrining o`ta 
ma`lumotli, bilimdon olimi ham bo`lgan. Bobur O`rta Osiyo, Afg’oniston va 
Hindistonning geografik joylashuvi, o`simliklar va hayvonot dunyosiga juda 
qiziqqan hamda boy va qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. U Farg’ona vodiysida 
ohu, kiyik, arxar, tovushqon, qirg’ovul va boshqa ko`plab sutemizuvchilar hamda 
qushlarning tarqalganligini ko`rsatib o`tgan. Samarqand atrofida Buxoro kiyigi, 
tog’ echkisi, ohu, kaklik ko`pligini, Toshkent atrofida esa qirg’ovullarning 
ko`pligini ta`kidlagan. Afg’onistonda oq kiyik, qulon, o`rdak, turna, qarqara, 
qo`ton kabi hayvonlarning uchrashligi to`g’risida ham ma`lumotlar keltirgan. 
Boburnoma asarida Bobur o`zi hukmronlik qilgan Hindistonda 60 dan ortiq 
umurtqali hayvonlar to`g’risida qiziqarli ma`lumotlarni yozib qoldirgan. U 
Hindistondagi ko`pgina umurtqali hayvonlarning endemik ekanligini ta`kidlagan. 
Bobur Hindistonda uchraydigan hayvonlardan, ayniqsa, to`ti, tovuq, laylak, o`rdak, 
fil, maymun, delfin, timsoh, kiyik va boshqa hayvonlarning tashqi qiyofasini
hayot kechirish tarzini to`liq tasvirlagan. Bobur hayvonlarni yashash muhitining 
xususiyatlariga ko`ra ularni 4 ta guruhga, ya`ni quruqlik hayvonlari, parrandalar, 
suv va suv yaqinida yashaydigan qushlar hamda suv hayvonlari guruhlariga 
ajratgan. 
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, hozirgi O`rta 
Osiyoda, shu jumladan, O`zbekistonda hayvonot dunyosini o`rganishga uzoq davr 
mobaynida juda kam e`tibor berilgan. 
O`rta Osiyo, xususan, O`zbekiston hududida umurtqali hayvonlarni 
o`rganish sohasidagi ayrim ma`lumotlar XIX asrning birinchi yarmida paydo 
bo`lgan. XIX asrning ikkinchi yarmida E.A.Eversman, N.A.Severtsov, 


A.P.Fedchenko va A.S.Berg kabi olimlarning Respublikamizda umurtqali 
hayvonlarni o`rganish bo`yicha hissalari katta. 1820 yilda rus olimi E.A.Eversman 
zoolog sifatida birinchi bo`lib Qizilqumda tarqalgan umurtqali hayvonlar 
to`g’risida ma`lumotlar to`plagan. Rus olimi N.A.Severtsov o`z sayohatlarida Orol 
dengizi, Ustyurt, Qizilqum, Sirdaryo, Pomir va Tyanshan tog’lari umurtqali 
hayvonlarini o`rgangan va u O`rta Osiyoda 20 yil davomida olib borgan tadqiqot 
ishlari natijasini chuqur tahlil qilib, 1872 yilda «Turkiston hayvonlarining vertikal 
va gorizontal tarqalishi» nomli kitobini yozgan. N.M.Prjevalskiy 1870 yildan 1888 
yilgacha Markaziy Osiyo bo`ylab (Mo`g’uliston, Tibet, Xitoy va Turkiston) to`rt 
marta sayohat qilgan va ikki o`rkachli tuya hamda Prjevalskiy oti turlarini 
aniqlagan. 1884 yilda O`rta Osiyoga tabiatshunos olim N.A.Zarudniy keladi va 
Kaspiyorti o`lkalari bo`ylab 5 marta maxsus ekspeditsiyalar uyushtiradi hamda 200 
ga yaqin qushlar turini o`rganadi.
1918 yil 21 aprelda Turkiston xalq universiteti, uning tarkibida Munavvar 
Qori Abdurashidxonov tashabbusi bilan 1918 yil 12 mayda Musulmon xalq 
dorilfununi tashkil etiladi (bu sana hozirgi O`zbekiston milliy universitetining 
tashkil etilgan sanasi hisoblanadi). Turkiston xalq universiteti 1920 yildan 
Turkiston davlat universiteti deb nomlangan. 
1920 yilda Toshkentda Turkiston davlat universiteti ochilishi munosabati 
bilan Toshkentga prof. D.N.Kashkarov keladi. D.N.Kashkarov (1878-1941) O`rta 
Osiyoda, shu jumladan, O`zbekistonda ekologik tadqiqotlarni boshlab bergan 
olimlardan biri hisoblanadi. D.N.Kashkarov rahbarligida O`rta Osiyoning 
umurtqali hayvonlari faunasi va ekologiyasini V.A.Selavin (sutemizuvchilar va 
qushlar), 
I.I.Kolesnikov 
(kemiruvchilar), 
R.N.Meklenburtsev 
(qushlar), 
G.P.Bulgakov (baliqlar) va T.Z.Zohidov (sudralib yuruvchilar)lar o`rganadilar. 



Yüklə 428,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin