Xordalilar hayvonot dunyosi sistematikasida yakunlovchi tip ekanligi; umurtqali


ZOOLOGIYA (XORDALILAR) FANINING QISQACHA RIVOJLANISH



Yüklə 428,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix07.11.2022
ölçüsü428,77 Kb.
#67675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Maruza (2)

ZOOLOGIYA (XORDALILAR) FANINING QISQACHA RIVOJLANISH 
TARIXI 
Zoologiya fanining rivojlanish tarixi oliy o`quv yurtlarining tabiiyot fanlari 
fakulteti biologiya yo`nalishi talabalariga umurtqasizlar zoologiyasi o`quv 
predmetidan dars o`tilganda alohida mavzu sifatida to`laqonli ma`lumotlar beriladi. 
Shuning uchun ushbu darslikda MDHda va shu jumladan, O`zbekistonda umurtqali 
hayvonlar haqida tadqiqot olib borgan yirik olimlarning ishlari to`g’risida qisqacha 
ma`lumotlar bayon etilgan. 


XV-XVII asrlarda Rossiyada umurtqali hayvonlar bo`yicha ko`plab tadqiqot 
ishlari olib borilgan, jumladan, Buyuk Shimol ekspeditsiyasi (1733-1743) 
ishlaridan, shu ekspeditsiya a`zosi S.Krasheninnikovning «Kamchatka yerining 
tavsifi» (1755) kitobida ancha ilmiy asoslangan ma`lumotlarni topish mumkin. Bu 
kitobda fauna haqidagi ilmiy kuzatishlar berilgan. 
Rossiyada umurtqali hayvonlar haqida ilmiy materiallar, asosan Rossiya 
Fanlar Akademiyasi ekspeditsiyalarining ishlari natijasida yig’ilgan. Akademik 
P.S.Pallas Volgabo`yi, Sibir, Qozog’iston va Ural faunasini o`rgangan. Ushbu 
yig’ilgan materiallar asosida P.S.Pallas 1811 yilda «Rus Osiyosi zoogeografiyasi» 
asarini yozgan. Bu kitobda o`sha davrda Rossiyada tarqalgan umurtqali 
hayvonlarning turlari, sistematikasi, geografik tarqalishi haqida qimmatli 
materiallar berilgan. Akademik A.F.Middendorfning (1815-1894) umurtqalilar 
ekologiyasi va zoogeografiyasi haqidagi materiallarga ega bo`lgan «Sibirning 
shimoliga va sharqiga sayohat» nomli fundamental ishi katta ahamiyatga ega 
bo`ldi. V.G.Steller Uzoq Sharqni, I.G.Gmelin Rossiyaning Yevropa qismi 
janubini, I.I.Lepexin Rossiyaning shimoliy va markaziy qismlarining umurtqali 
hayvonlarini o`rganganlar. Zoologiyada ekologik yo`nalishni rivojlantirishda 
Moskva universitetining professori K.F.Rule (1814-1858)ning xizmati katta. Uning 
shogirdi N.A.Severtsov (1827-1885) ustozi ishlarini Rossiyaning Yevropa 
qismidagi quruqlikda yashovchi umurtqalilar va Turkiston zoogeografiyasi 
sohasidagi ishlarida davom ettirdi.
.
N.A. Severtsov
A.N. Severtsov 
(1827-1885)
(1866-1936) 
Baliqlar (L.S.Berg, 1876-1950); amfibiyalar, reptiliyalar (P.V.Terentyev, 
1903-1970; I.S.Darevskiy); qushlar (M.A.Menzbir, 1855-1935; P.P.Sushkin, 1868-


1928); G.P.Dementyev, 1898-1969) va sutemizuvchilar (S.I.Ognev, 1886-1951; 
V.G.Geptner, 1901-1975) sistematikasini rivojlantirishda rus olimlarining 
xizmatlari katta bo`ldi. 
Akademiklar 
S.S.Shvarts 
(1919-1976), 
V.E.Sokolov 
(1930-1998), 
I.A.Shilov 
(1912-2001) 
va 
professorlar 
D.N.Kashkarov 
(1878–1941), 
V.V.Stanchinskiy (1882–1942), N.P.Naumov (1902-1987), A.I.Ivanov (1902-
1987), V.R.Dolnik, S.P.Naumov (1905-1982), A.V.Mixeyev (1907-1999)lar 
tomonidan hayvonlar, ayniqsa, umurtqali hayvonlar ekologiyasining umumiy 
masalalari muvaffaqiyatli hal etilgan. Ular tomonidan yirik monografiyalar
darsliklar va o`quv qo`llanmalar yaratilgan. Shu bilan bir qatorda Moskva 
universitetining professorlari B.M.Jitkov (1872-1943), A.N.Formozov (1899-1973) 
va G.V.Nikolskiy (1910-1977)larning baliqlar, qushlar va sutemizuvchilar 
ekologiyasi bo`yicha olib borgan keng ko`lamdagi tadqiqot ishlarini ham qayd 
qilib o`tish lozim. Bu olimlar epizootologik ahamiyatga ega bo`lgan ovlanadigan 
hayvonlar turiga ham alohida e`tibor berganlar. 

Yüklə 428,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin