Xordalilar hayvonot dunyosi sistematikasida yakunlovchi tip ekanligi; umurtqali



Yüklə 428,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix07.11.2022
ölçüsü428,77 Kb.
#67675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Maruza (2)

D.N. Kashkarov 
T.Z. Zohidov 
(1878-1941) 
 
(1906-1981) 
D.N.Kashkarov birinchi bo`lib umurtqali hayvonlar ekologiyasi bo`yicha 
o`quv qo`llanma yaratgan.
O`zbek zoolog olimi, akademik T.Z.Zohidov Qizilqum umurtqali hayvonlari 
ekologiyasini o`rgangandi va umurtqali hayvonlar bo`yicha o`zbek tilida bir 
qancha asarlar (4 jildli «Zoologiya entsiklopediyasi» va boshqa kitoblar) yozgan.
Ayniqsa, Respublikamizda O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 
qoshida zoologiya va parazitologiya (hozirgi vaqtda zoologiya instituti) ilmiy 
tekshirish institutining tashkil etilishi va universitetlar hamda pedagogika 
institutlarida zoologiya kafedralarining ochilishi munosabati bilan zoologiya, shu 
jumladan, umurtqalilar zoologiyasi bo`yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash va 
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish borasida salmoqli ishlar qilindi. XX asrning 
o`rtalari va oxirida Respublikamiz olimlari tomonidan baliqlar (L.S.Berg, 
G.V.Nikolskiy, M.O.Abdullayev, G’.K.Komilov, A.O.Omonov, U.T.Mirzayev, 
T.V.Solixov 
va 
boshqalar), 
amfibiyalar 
va 
reptiliyalar 
(T.Z.Zohidov, 
O.P.Bogdanov, E.V.Vashetko, T.Ye.Yodgorov, O.V.Mitropolskiy va boshqalar), 
qushlar 
(A.Q.Sagitov, 
D.Yu.Kashkarov, 
E.Sh.Shernazarov, 
S.B.Baqoyev, 
O.P.Bogdanov, 
Ye.N.Lanovenko, 
J.L.Laxanov, 
R.N.Meklenburtsev, 
O.V.Mitropolskiy, 
B.B.Abdunazarov, 
M.M.Ostapenko, 
G.P.Tretyakov, 
A.R.Jabborov, 
S.E.Fundukchiyev, 
A.N.Ayupov 
va 
boshqalar) 
hamda 
sutemizuvchilar (T.Z.Zohidov, O.P.Bogdanov, O.V.Mitropolskiy, G.S.Sultanov, 
N.N.Volojeninov, V.I.Taryannikov, V.P.Lim, I.Q.Solixboyev va boshqalar) 
bo`yicha boy faunistik va ekologik ma`lumotlar to`plangan. Bu tadqiqotlarning 
natijalari asosida 4 jildlik «O`zbekiston faunasi», 4 jildlik «Zoologiya 
entsiklopediyasi» (T.Z.Zohidov), «Qizilqum cho`li biotsenozlari» (T.Z.Zohidov), 2 
jildlik 
«O`rta Osiyo tabiati va hayvonot dunyosi» (T.Z.Zohidov, 
R.I.Meklenburtsev), 
«O`zbekiston hayvonlari», «O`zbekistonning noyob 
hayvonlari» (O.P.Bagdanov), 4 jildlik «O`zbekiston qushlari» (A.Q.Sagitov), 
«O`zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichi» (J.L.Laxanov), «Umurtqalilar 
zoologiyasi» va boshqa yirik ilmiy asarlar, darsliklar hamda o`quv qo`llanmalar 
chop etilgan. To`plangan faunistik va zoogeografik ma`lumotlar «O`zbekiston 
Respublikasi Qizil kitobi»ga kiritilgan hayvonlar ro`yxatini tuzishga imkon berdi 
(2006). O`zbekiston hayvonot dunyosi, shu jumladan, umurtqali hayvonlari 
to`g’risidagi qiziqarli ma`lumotlar O`zbekiston milliy entsiklopediyasining barcha 
12 ta jildlariga ham kiritilgan (2000-2006). 
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida zoologiya sohasida, shu jumladan, 
umurtqalilar zoologiyasi bo`yicha ekologik muammolarni hal qilishga, zoologik 
tadqiqotlarda molekulyar biologiya, fiziologiya, etologiya fanlari bilan bog’liq 
bo`lgan izlanishlarga, hayvonot dunyosining biologik xilma–xilligini, noyob, 
endemik va yo`qolib borayotgan hayvonlar turlarini saqlab qolish va ular sonini 
ko`paytirish bilan bog’liq bo`lgan muammolarni hal qilishga ham alohida e`tibor 
berilmoqda. 


O`zbekistonda zoologiya sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari ayni vaqtda 
O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining zoologiya institutida, 
Chorvachilik, Veterinariya, «O`zbekbaliq» korporatsiyasi va Akvalkultura 
institutlari, oliy o`quv yurtlarining zoologiya kafedralarida, O`zbekiston 
Respublikasi 
Fanlar 
Akademiyasi 
Qoraqalpog’iston bo`limi, ko`pchilik 
qo`riqxonalar, buyurtmaxonalar hamda milliy bog’larda olib borilmoqda.

Yüklə 428,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin