yetmasdan turib ikkiga bo`linadi va halqumni halqadek o`rab oladigan halqum oldi
egatchasiga aylanadi. Halqumning orqa tomonida
endostilga qarama-qarshi va
halqum bo`shlig’iga osilib turadigan plastinka bo`lib, buni orqa plastinka deyiladi.
Astsidiya halqumining ichini qoplab turgan kipriklarning va orqa plastinkaning
tebranib harakat qilishi natijasida suv oqimi halqumga kiradi. Suv bilan halqum
bo`shlig’iga mayda
dengiz organizmlari ham kirib, endostil tubiga cho`kadi. Bu
yerda ular endostil tubidagi hujayralardan chiqadigan shilimshiq modda bilan bir-
biriga yopishadi va endostil kipriklarining harakati natijasida qizilo`ngach
teshigiga haydaladi. Hazm bo`lmagan oziq qoldiqlari anal teshigi orqali jabra oldi
bo`shlig’iga tushadi, u yerda umumiy suv oqimi bilan kloaka sifoni teshigidan
tashqarga chiqariladi. Halqum nafas olish organi vazifasini ham bajaradi.
Qon aylanish sistemasi. Astsidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash
emas. Yuragi oshqozon oldiga joylashgan muskulli xaltacha ichida turadi.
Yuragining ikki tomonidan bittadan qon tomiri chiqadi, oldingisi jabra qon tomiri
hisoblanib, halqumning ostki tomonidan o`tib, stigmalarga
bir qancha mayda-
mayda shoxchalar beradi. Keyingi qon tomiri ichak qon tomiri deyilib, ichki
organlarga boradigan shoxchalarga bo`linadi. Bu
shoxchalar organlar orasiga
o`rnashgan va maxsus devorlari bo`lmaydigan bo`shliqlar bilan qo`shiladi.
Shuning uchun ham astsidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash emas deyiladi.
Astsidiyalar yuragining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, qonni goh
oldingi tomonga, goh orqa tomonga haydaydi. Shuning
uchun ham ularning har
qaysi qon tomiri dam arteriya va dam vena qon tomiri vazifasini bajaradi.
Nerv sistemasi. Astsidiyalarning markaziy nerv sistemasi, og’iz sifoni bilan
kloaka sifoni o`rtasida joylashgan kichikroq nerv tugunchasidan iborat. Voyaga
yetgan astsidiyalarda, qamragichlarini
hisobga olmaganda, tuyg’u funktsiyasini
bajaradigan hech qanday sezuv organlari yo`q. Nerv tugunchasining ichki
bo`shlig’i, ya`ni nevrotseli bo`lmaydi va yaxlit nerv massasidan iborat.
Qalin
devorli xalta-tunikaning ichida yupqa devorli ikkinchi xalta-mantiya bor. Barcha
qobiqlilar singari, astsidiyalarda ham qattiq skelet yo`q. Mantiya og’iz va kloaka
sifonlarining chetidagina tunika bilan qo`shilgan.
Astsidiyalarda ayirish organlari rivojlanmagan.
Ularning tanasida hosil
bo`lib turadigan dissimilyatsiya mahsulotlari ayrim hujayralar ichida to`planib
turadi va organizmda qoladi.
Dostları ilə paylaş: