Xordalilar hayvonot dunyosi sistematikasida yakunlovchi tip ekanligi; umurtqali



Yüklə 428,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix07.11.2022
ölçüsü428,77 Kb.
#67675
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-Maruza (2)

Jinsiy organlari. 
A
stsidiyalar germafrodit. Ularning ikkita jinsiy bezi, ya`ni 
erkaklik va urg’ochilik bezlari bo`lib, oshqozonning ustida joylashgan va bir-biriga 
taqalib turadi. 
A
stsidiyalar germafrodit bo`lgani bilan o`z-o`zini otalantira olmaydi, 
chunki bitta individda ham spermatazoid va ham tuxum hujayrasi baravar 
yetilmaydi, balki oldinma-keyin yetiladi. Yetilgan jinsiy mahsulotlar jinsiy 
kanallardan atrial bo`shliqqa tushadi. Suv oqimi bilan kirgan spermatazoidlar 
tuxumni shu yerda otalantiradi, so`ngra urug’langan tuxum kloaka sifoni orqali 
suvga chiqariladi.
Urug’langan tuxum to`la va bir tekisda bo`linadi hamda gastrula davriga 
aylanadi. So`ngra embrion bo`yiga cho`ziladi va asta-sekin rivojlanib har xil 
organlar, ya`ni xordalilarga xos bo`lgan markaziy nerv sistemasi yuzaga keladi. 


So`ngra birlamchi ichakning ustki tomonida xorda hosil bo`ladi, tananing oldingi 
tomonida esa og’iz teshigi vujudga keladi. 
Astsidiyalarning lichinkasi suvda erkin suzib yuradi. U tashqi tomondan 
itbaliqqa o`xshab ketadi va uzunligi 0,5 mm gacha boradi (2-rasm).
 
2-rasm. Astsidiyalar lichinkasining tuzilishi: 1 - birikish so`rg’ichlari, 2 - og’zi, 3 - endostil,
4 - miya pufakchasi, 5 - ko`zchasi, 6 - kloaka teshigi, 7 - ichagi, 8 - nerv nayi,
9 - xordasi, 10 - yuragi. 
Astsidiyalar lichinkasining ikki yoni qisilgan, uzun muskulli dumi bor, dumi 
yordamida suvda tez suzadi. Dumining ichida haqiqiy xorda bor, xorda ustida esa 
nay shaklida markaziy nerv sistemasi o`rnashgan. Lichinkada ko`zcha va 
muvozanat saqlash organi statotsist ham mavjud. Halqumi kichkina, jabra yoriqlari 
ham bir nechta, xolos. Demak, astsidiyalar lichinkasi xordalilarga xos bo`lgan 
hamma xarakterli belgilarga ega.
A
stsidiyalar lichinkasi tuxumdan chiqqandan keyin bir necha soat o`tgach, 
uzog’i bilan bir kecha-kunduzdan keyin maxsus o`simtalari, ya`ni yopishish 
so`rg’ichlari yordamida suv ostidagi birorta substratga yopishib, metamorfozni 
boshidan kechiradi. Bunda lichinkaning dumi va dumidagi muskuli, xordasi, 
markaziy nerv sistemasining ko`p qismi butunlay yo`q bo`lib ketadi. Nerv 
sistemasining qolgan qismi zichlashib, nerv tugunchasiga aylanadi, sezuv organlari 
batamom yo`qoladi. 
Lichinkalik davrida shakllanib kelayotgan tashqi tunika qavati juda tez 
o`sadi. Halqumi va orqa ichak ochiladigan atrial bo`shliq kattalashadi, jabra 
yoriqlarining soni ko`payadi. Og’iz va anal teshiklari yuqoriga joylashadi. Natijada 
harakatchan lichinka harakat qilmay bir joyda yashaydigan qopsimon voyaga 
yetgan astsidiyaga aylanadi va tashqi tomondan qalin qobiq - tunika bilan o`ralib 
oladi. 
Astsidiyalar kurtaklanish orqali jinssiz yo`l bilan ham ko`payadi. Bunda 
ularning qorin tomonida kurtak hosil qiluvchi stolon deb ataladigan bo`rtma hosil 
bo`ladi. Shu bo`rtmada kurtaklar paydo bo`ladi va astsidiyaning barcha organlari 
ushbu kurtaklardan yuzaga keladi. Yakka astsidiyalarda kurtak stolondan ajralib 
chiqib, yakka astsidiyalarga aylanadi. Koloniya bo`lib yashaydigan astsidiyalarda 
esa kurtak ajralmasdan ona astsidiyalarda qoladi. Shunday qilib, lichinka xordalilar 
yoki qobiqlilar tuban darajadagi xordalilarning regressiv tarmog’i hisoblanadi. 
Bular tuzilishining ontogenezida ham va filogenezida ham soddalashib boradi, 


harakat qilib hayot kechirish usulidan bir joyga yopishib hayot kechirish usuliga 
o`tgan hayvonlardir. 

Yüklə 428,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin