5-rasm Appendikulyariya
- Falia ethiopica (uychadan
ajratib olingan gavdasi):
1-og`zi; 2-xordasi;
3-muskullari; 4-urug` bezi.
Appendikulyariyalar (Appendiculariae) sinfi
Appendikulyariyalar gavdasining uzunligi 0,5-3 mm dan, ayrim turlari 1-2
sm gacha borishi mumkin. Ular yakka-yakka holda dengizlarda
erkin suzib yurib
hayot kechiruvchi primitiv qobiqlardan hisoblanadi.
Appendikulyariyalarning xordasi bir umrga
saqlanadi.
Ularning
tuzilishi
astsidiyalar
lichinkasining tuzilishiga o`xshaydi, undan, asosan
ipsimon nerv tortmasi
va dumi borligi bilan farq
qiladi. Dumi astsidiya lichinkasi dumi singari,
yonidan siqilgan bo`lsa ham, lekin vertikal tekislik
bo`ylab o`rnashmay balki,
gorizontal tekislik
bo`ylab
o`rnashgan
bo`ladi
(5-rasm).
Appendikulyariyalarning
haqiqiy
qobig’i
bo`lmaydi. Qobig’i murakkab tarkibiga ega bo`lgan
dildiroq tiniq moddadan iborat. Bu modda hayvon
tanasini o`rab turadigan uychani hosil qiladi.
Appendikulyariyalar uychasini tashlab chiqib oqib
ketishi va 1-1,5 soat ichida yangi uycha hosil qilishi
mumkin.
Dumini
harakatlanishi
tufayli
suv
uychasining filtrlovchi apparatiga o`tib, undan og’iz teshigi va halqum devoridagi
ikki juft jabra teshiklari
orqali tashqariga chiqib
ketadi. Jabra teshiklari devoridagi kapillyarlar orqali
gaz almashinuv sodir bo`ladi.
Halqum devorida endostil bo`ladi. Endostil
suvdagi mayda organizmlar va organik qoldiqlarni
filtrlashga yordam beradi. Jabraoldi bo`shlig’i va
kloakasi bo`lmaydi. Anal teshigi
qorin tomonida joylashgan, nerv nayi ustida
yorug’lik sezadigan ko`zchasi va muvozanat saqlash organi joylashgan.
Appendikulyariyalar ham germafrodit bo`lib, faqat jinsiy yo`l bilan
ko`payadi. Lichinkasining og’iz teshigi bo`lmaydi.
Lekin xordasi va nerv nayi
rivojlangan. Appendikulyariyalar sinfining 60-100 ga yaqin turlari aniqlangan.
Hamma okean va dengizlarda uchraydi. Asosan suvning yuza qismidagi
planktonda hayot kechiradi. Appendikulyariyalar lichinkalik davrida ko`payish
qobiliyatiga ega bo`lgan va evolyutsiya jarayonida yetuklik davrini yo`qotgan
qobiqlilar bo`lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: