Qon aylanish sistemasini boshqarib turuvchi organ - yurak xordalilar
gavdasiing qorin tomonida, xorda va hazm qilish nayining ostida joylashadi.
Yuqorida aytilgan belgilar bilan bir qatorda xordalilar uchun tubandagi
belgilar ham xarakterlidir, lekin bu belgilar boshqa ba`zi bir umurtqasiz hayvonlar
tiplarida ham uchraydi:
1. Xordalilar, ninaterililar, chala xordalilar, pogonoforalar va qiljag’li
chuvalchanglar ikkilamchi og’izlilar (Deuterostomia)ga kiritiladi va birlamchi
og’izlilar (Prostomia) guruhiga qarshi qo`yiladi. Ikkilamchi og’iz gastrulaning
gastropor teshigiga qarama-qarshi tomon devorining yorilishidan hosil bo`ladi.
Bitayotgan gastropor o`rnida esa anal teshigi hosil bo`ladi. Birlamchi og’izlilarda
esa gastropor o`rnida og’iz teshigi hosil bo`ladi, orqa chiqaruv teshigi esa gastrula
devorining o`pirilishi natijasida hosil bo`ladi.
2. Embrion taraqqiyot jarayonida ikkilamchi tana bo`shlig’i – selom hosil
bo`ladi, bu belgi xordalilardan tashqari ninaterililar, qiljag’lilar, yelkaoyoqlilar,
bo`g’imoyoqlilar va halqali chuvalchanglar uchun ham xosdir.
3.
Yuksak
xordalilarning
embrionlarida,
tuban
xordalilarda,
bo`g’imoyoqlilarda va ko`pchilik chuvalchanglarda asosiy organlar sistemasining
periferik nerv sistemasi, muskullar, skelet, ayirish sistemasining metamer
(segmentli) ravishda joylashuvi xarakterlidir. Yuksak xordalilarda metameriya
deyarli bilinmaydi.
4. Xordalilar va ko`pchilik umurtqasiz hayvonlarning (g’ovaktanlilar va
bo`shliqichlilardan tashqari) gavdasi ikki tomonlama – bilaterial simmetriyali
tuzilgan, ya`ni gavdasini chap va o`ng bo`laklarga ajratadigan faqat bitta yuza
o`tkazish mumkin.
Dostları ilə paylaş: