Lichinka xordalilarning kelib chiqishi hozirgacha to`liq yoritib
berilmagan.
Shunga qaramasdan, ularning xordalilarga mansub ekanligini
tasdiqlovchi bir qancha ma`lumotlar bor. Lichinka
xordalilarning embrional
rivojlanishi va filogeniyasini o`rganishda rus olimlari A.O.Kovalevskiy (1840-
1901) va A.N.Severtsovlarning (1866-1936) xizmatlari katta. Bu olimlar
qobiqlilarning ayrim vakillarini o`rganib, ularni (astsidiyalar) xuddi lantsetniklarga
o`xshab taraqqiy etishini aniqlaganlar.
Lichinka xordalilarlarning erkin suzib yuruvchi
lichinkalarida xordali
hayvonlarga xos bo`lgan ko`plab belgilar, ya`ni nerv
sistemasining nay shaklida
bo`lishi, xorda va segmentlarga bo`lingan muskullarining borligi ro`y-rost ko`rinib
turadi. Keyinchalik qobiqlilar bir joyda o`troq hayot kechirishga o`tganligi
munosabati bilan gavdasi ancha soddalashgan, ya`ni
nerv sistemasi, sezgi
organlari, xordasi va muskullari asta-sekin yo`qolib borib regressiyaga uchragan.
O`troq holga o`tishi munosabati bilan bu hayvonlarning
boshqa organlari
progressivlashgan, ya`ni qobig’i qalinlashib tez o`sgan, jabra apparati yaxshi
rivojlangan, ko`payishida ular faqat jinsiy usulda ko`paymasdan, balki kurtaklanish
yo`li bilan jinssiz usulda ham ko`payishiga o`tgan. Shunday qilib, yashash sharoiti
va tashqi muhitning o`zgarishi bilan ular organizmining
tuzilishida va
funktsiyasida ham o`zgarishlar ketgan.