Jinsiy organlari.
A
stsidiyalar germafrodit. Ularning ikkita jinsiy bezi, ya`ni
erkaklik va urg’ochilik bezlari bo`lib, oshqozonning ustida joylashgan va bir-biriga
taqalib turadi.
A
stsidiyalar germafrodit bo`lgani bilan o`z-o`zini otalantira olmaydi,
chunki bitta individda ham spermatazoid va ham tuxum hujayrasi baravar
yetilmaydi, balki oldinma-keyin yetiladi. Yetilgan jinsiy mahsulotlar jinsiy
kanallardan atrial bo`shliqqa tushadi. Suv oqimi bilan kirgan spermatazoidlar
tuxumni shu yerda otalantiradi, so`ngra urug’langan tuxum kloaka sifoni orqali
suvga chiqariladi.
Urug’langan tuxum to`la va bir tekisda bo`linadi hamda gastrula davriga
aylanadi. So`ngra embrion bo`yiga cho`ziladi va asta-sekin rivojlanib har xil
organlar, ya`ni xordalilarga xos bo`lgan markaziy nerv sistemasi yuzaga keladi.
So`ngra birlamchi ichakning ustki tomonida xorda hosil bo`ladi, tananing oldingi
tomonida esa og’iz teshigi vujudga keladi.
Astsidiyalarning lichinkasi suvda erkin suzib yuradi. U tashqi tomondan
itbaliqqa o`xshab ketadi va uzunligi 0,5 mm gacha boradi (2-rasm).
2-rasm. Astsidiyalar lichinkasining tuzilishi: 1 - birikish so`rg’ichlari, 2 - og’zi, 3 - endostil,
4 - miya pufakchasi, 5 - ko`zchasi, 6 - kloaka teshigi, 7 - ichagi, 8 - nerv nayi,
9 - xordasi, 10 - yuragi.
Astsidiyalar lichinkasining ikki yoni qisilgan, uzun muskulli dumi bor, dumi
yordamida suvda tez suzadi. Dumining ichida haqiqiy xorda bor, xorda ustida esa
nay shaklida markaziy nerv sistemasi o`rnashgan. Lichinkada ko`zcha va
muvozanat saqlash organi statotsist ham mavjud. Halqumi kichkina, jabra yoriqlari
ham bir nechta, xolos. Demak, astsidiyalar lichinkasi xordalilarga xos bo`lgan
hamma xarakterli belgilarga ega.
A
stsidiyalar lichinkasi tuxumdan chiqqandan keyin bir necha soat o`tgach,
uzog’i bilan bir kecha-kunduzdan keyin maxsus o`simtalari, ya`ni yopishish
so`rg’ichlari yordamida suv ostidagi birorta substratga yopishib, metamorfozni
boshidan kechiradi. Bunda lichinkaning dumi va dumidagi muskuli, xordasi,
markaziy nerv sistemasining ko`p qismi butunlay yo`q bo`lib ketadi. Nerv
sistemasining qolgan qismi zichlashib, nerv tugunchasiga aylanadi, sezuv organlari
batamom yo`qoladi.
Lichinkalik davrida shakllanib kelayotgan tashqi tunika qavati juda tez
o`sadi. Halqumi va orqa ichak ochiladigan atrial bo`shliq kattalashadi, jabra
yoriqlarining soni ko`payadi. Og’iz va anal teshiklari yuqoriga joylashadi. Natijada
harakatchan lichinka harakat qilmay bir joyda yashaydigan qopsimon voyaga
yetgan astsidiyaga aylanadi va tashqi tomondan qalin qobiq - tunika bilan o`ralib
oladi.
Astsidiyalar kurtaklanish orqali jinssiz yo`l bilan ham ko`payadi. Bunda
ularning qorin tomonida kurtak hosil qiluvchi stolon deb ataladigan bo`rtma hosil
bo`ladi. Shu bo`rtmada kurtaklar paydo bo`ladi va astsidiyaning barcha organlari
ushbu kurtaklardan yuzaga keladi. Yakka astsidiyalarda kurtak stolondan ajralib
chiqib, yakka astsidiyalarga aylanadi. Koloniya bo`lib yashaydigan astsidiyalarda
esa kurtak ajralmasdan ona astsidiyalarda qoladi. Shunday qilib, lichinka xordalilar
yoki qobiqlilar tuban darajadagi xordalilarning regressiv tarmog’i hisoblanadi.
Bular tuzilishining ontogenezida ham va filogenezida ham soddalashib boradi,
harakat qilib hayot kechirish usulidan bir joyga yopishib hayot kechirish usuliga
o`tgan hayvonlardir.
Dostları ilə paylaş: |