61
izoxlanmoqda.
Xidoyat tariyqi leksik birikmasining mazmuni
to’gri yo’lga etaklash yo’li yoki
qoidasi demakdir.
Najot shoxroxi esa najotning katta yo’lidir. Xidoyat tariyqi – najot shoxroxi
izoxlovchi-izoxlanmish munosabati orqali sabab-natija mazmuni kelib chiqqan. Demak, zalolat
axli uchun najot yo’li bu xidoyat tariyqidir, ya`ni uni o’rganish, undan ogox bo’lish. Zalolat
axli xidoyat tariyqini o’rganish orqaligina to’gri yo’lga chiqish mumkin.
Ma`lumki, hozirgi o’zbek tilida
ammo grammatik shaklining o’zaro zid bo’lgan sodda
gaplarni bir-biriga boglashi tilshunoslar tomonidan e`tirof etilgan. Lekin eski o’zbek tilida bu
shakl bir-biriga zid bo’lmagan sodda gaplar tarkibida ham qo’llanadi.
Va shakli esa zidlov
munosabatli qo’shma gaplar tarkibida ham kelgan. Bunday holatlar ham mazkur shakllarning
sodda gaplarni boglashda asosiy vosita ekanligiga shubxa uygotadi.
Ammo boglovchisi quyidagi o’rinlarda uchraydi:
a.
Zid munosabatli qo’shma gaplarda: Xushi barida yaxshi abyatlar aytib erdi, amma junun
vaqtida bu baytni ko’p oqur erdi (MN qo’).
Denotatlar orasidagi zid munosabat
xushi bor-junun, yaxshi abyot - bu bayt oppozitsiyasi
orqali ifodalangan.
Xushi bor - funktsional bo’lmagan predikativ birikmasi
junun leksemasi
bilan semantik jixatdan o’zaro zid munosabatni yuzaga keltira oladi, ya`ni asliy zidlik
xisoblanadi.
Yaxshi abyotlar - bu bayt so’z birikmalari, to’grirogi,
yaxshi - bu leksemalari
o’zaro zidlik oppozitsiyasini keltirib chiqara olmaydi, lekin
bu leksemasi mazkur misolda
yomon leksemasining substituti sifatida kelgan bo’lib, kontekstual jixatdangina shu
leksemaning semantikasini o’ziga olgan. Demak, bunday zidlikni nisbiy zidlik deb atash
mumkin. Mazkur gapni quyidagi ko’chimda ifodalaganda maqsad oydinlashadi. qiyoslang:
Xushi barida yaxshi abyatlar aytib erdi, amma junun vaqtida yaman baytlarin ko’p oqur erdi
Dostları ilə paylaş: