SIYDIK CHIQARUV YO’LLARI
Siydik chiqaruv yo’llari buyraklarda uzluksiz hosil bo’lib^ turadigan
siydikni tashqi muhitga
chiqarib turadi. Siydik chi-qaruv yo’llariga buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi,
siydik
pufagi (qovuq) va tashqi siydik chiqaruv yo’li kiradi.Buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi
va qovuqning umumiy tuzilishi o’xshash bo’lib, ularda 4 pardani farq qilnsh. mumkin: shilliq,
shilliq osti, mushak va adventitciya. Buyrak kosachalarida bir qavatli epiteliy asta-sekin ko’p
qavatli: o’zgaruvchan epiteliyga almashadi. Buyrak jomlarini siydik nayining buyrak ichida
joylashgan qismi deb qarash mumkin. U ham boshqa siydik yo’llari kabi ko’p qavatli
o’zgaruvchan epite-liy bilan qoplangan. Epiteliy ostida siyrak tolali birikti-ruvchi to’qimadan
iborat shilliq
pardaning xususiy qavati yotib, u shilliq osti pardada davom etadi. SHuni qayd
qilish kerakki, "siydik chiqaruv yo’llarining hamma qismlarida shilliq parda-ning mushak
plastinkasi bo’lmagani uchun shilliq pardaning xu-susiy qavati va shilliq osti pardasi orasida aniq
chegara yo’q. Mushak parda jomlarda 2 qavat: ichki - bo’ylama, tashqi - aylana bo’lib joylashgan
silliq mushak hujayralaridan iborat... Buyrak so’rg’ichlari sohasida
faqat aylana joylashgan
mushak. tutamlari bo’lib, ularning qisqarishi siydikni piramidadan-ajralib chiqishiga yordam
beradi.
SIIDIK NAYLARI
Siydik naylarida shilliq, shilliq osti, mushak va adventi-tciya pardalari aniq ajraladi (239-rasm).
SHilliq pardada o’z-garuvchan epiteliy bilan qoplangan bo’lib, unda bo’ylama
joy-lashgan
burmalar bo’ladi. Burmalar siydik nayi kengaygan-vaqtda tekislanadi. Siydik nayining pastki
qismida, siyrak, biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq osti pardasida prostata beziga o’xshash
tarmoqlangan bezchalar bo’ladi. Siydik nayishshg mushak parda.si yuqorida ikki, pastki qismida
esa uchta qatlam joylashgan silliq mushak tolalaridan iborat. Mushak tutamla-ri ichki va tashqi
qatlami bo’ylama, o’rtada esa aylanma yo’na-lishga ega. Siydik nayining siydik pufagi devorida
joylashgan qismida mushak parda faqat bo’ylama mushaklardan iborat. Bu mushaklarning
qisqarishi qovuq mushaklarining holatidan qat’-iy nazar, siydik
nayining teshigini ochib,
siydikning pufakka o’tishini ta’minlaydi. Siydik nayining adventitciya pardasi; atrofdagi
to’qimalar bilan qo’shilib ketadi.
QOVUQ
Qovuqning shilliq pardasi o’zgaruvchan epiteliy va siyrak-tolali
shakllanmagan biriktiruvchi
to’qimali xususiy qatlam-dan iborat (240-rasm). Biriktiruvchi to’qimali qatlam qon va
limfa tomirlariga boy. Mayda qon tomirlar epiteliyga juda yaqin yotadi. Qovuq shilliq pardasi
siydik yo’q vaqtda burmalar hosil qilib, bu burmalar qovuq siydikka to’lganda tekislanadi.
Qovuqning uchburchak sohasining shilliq pardasida burmalar bo’lmaydi. Bu sohada shilliq osti
pardasi yo’q bo’lib shilliq pardaning xususiy qavati mushak parda bilan birlashib ketadi. Bu
sohada siydik nayining pastki qismidagi bezlarga o’xshash bezlar joylashgan. Qovuqning boshqa
qismlarida shilliq parda